Muhim masalalar muhokama qilindi

Bugun Pastdargʼom tuman hokimligida tuman hokimi Shunqor Xudayberdiyev, Ijtimoiy soha kompleksi tarkibiga kiruvchi tashkilotlar ishtirokida yigʼilish boʼlib oʼtdi.

Unda taʼlim, tibbiyot, sport hamda yoshlar ishlar agentligi yoʼnalishida amalga oshirilayotgan ishlar, kelgusi rejalar hamda duch kelinayotgan muammolar muhokama qilindi. 

Yigʼilish davomida hududlarni obodonlashtirish masalalariga ham toʼxtalib oʼtildi. Har bir tashkilot oʼziga tegishli muassasa atrofini obodonlashtirish bilan birga gulzorga aylantirish, buning uchun tajriba ham, gul urugʼi zaxiralari ham yetarli ekanligini taʼkidladi tuman hokimi.

2015-2024 © GOVERNMENT OF PASTDARGOM DISTRICT. Maked by: SAKTRM