“Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik hamda Yoshlar siyosati va sport vazirliklarining  “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili asosida mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish mexanizmlarini belgilash toʻgʻrisida qoʻshma qarori talablari asosida Respublika ishchi guruhi tomonidan Samarqand viloyatida qisqa muddatli dasturga muvofiq oʻqitish ishlari boshlandi.

Shu jumladan Pastdarg‘om tumanida ham mashgʻulotlar oʻtkazildi. Unda soʻzga chiqqan masʼullar, mahallalarni jinoyatdan holi xavfsiz hududga aylantirish borasidagi maʼruzalari bilan tinglovchilarga maʼlumotlar berishdi. Viloyat Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i Shoxrux Eshonqulov  Mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish yangicha ishlash tizimi to'g'risida yig'ilganlarga atroflicha ma'lumot berib o'tdi.
 

2015-2024 © GOVERNMENT OF PASTDARGOM DISTRICT. Maked by: SAKTRM