Munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda "Pastdarg'om tumanida yashovchi onaxon nabiralari bilan qiyin ahvolda qoldi" mazmunida video tarqaldi. Holat yuzasidan o'rganish davomida shu ma'lum bo'ldiki videoda aks etgan ayol Abdulimova Gulzoda Shomirzayevna bo'lib, aslida u kishi 1961-yil 4-aprelda Bulung‘ur tumanida tug‘ilgan bo'lib, Toyloq tumanidan "propiska"dan o‘tgan. Hozirgi kunda Sanginov Shoxrux Elchiboy o‘g‘lining Pastdarg‘om tumani Kamolot mahallasidagi uyida ijarada turadi.

Marhum qizi Gʻoziyeva Gulnozaning 3 nafar farzandiga qarab keladi. Abdualimova Gulzoda Pastdarg'om tumanidan bo'lmasa ham joriy yil Kamolot mahallasi xotin qizlar faoli Sottorova Shaxnoza tomonidan 4-bosqich “Ayollar daftari”ga xatlov o‘tkazish jarayonida, ijarada turganligi aniqlanib “Ayollar daftari”ning 5 toifasiga, ya’ni “Ijara shartnomasi” bo‘yicha kiritigan va unga 2 000 000 so'm ijara puli shartnoma asosida to‘lab berilgan. Nabiralarini vasiylikka olish uchun xotin-qizlar faoli tamonidan hujjatlari ham rasmiylashtirilmoqda.

2015-2024 © GOVERNMENT OF PASTDARGOM DISTRICT. Maked by: SAKTRM