Sayyor qabul o'tkazdi

Bugun Pastdarg'om tumani madaniyat uyida tuman hokimi Shunqor Xudayberdiyev aholi uchun sayyor qabul o'tkazdi.

O'tkazilgan qabulda fuqarolarning salomatlik, ijtimoiy himoya, bandlik, uy-joy bilan ta'minlash va kredit masalalarida bildirgan muammolari o'rganildi.

Bunday uchrashuvlarning o'tkazilishi aholining turmush farovonligini yanada yaxshilash, eng muhimi muammolarni ijobiy hal etish orqali xalqni rozi qilish uchun xizmat qilishi bilan alohida ahamiyat kasb etadi.

2015-2024 © Пастдарғом туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM