Pastdarg‘om tumani hokimligida "Jaxolatga qarshi ma'rifat" mavzusida davra suhbati bo'lib o'tdi

 

Tadbirda viloyat hokimining diniy ishlar qo'mitasi hududiy boshqarmasi boshlig'i S.Boymurodov, viloyat IIB TQK boshqarmasi xodimi F.Mamatqulov, tuman IIB TQK bo'limi xodimi T.Odilov, DXX Pastdarg'om tuman bo'limi xodimlari, tuman prokurori o'rinbosari B.Djabborov, tuman hokimi o'rinbosari D.Mamatqulov, shuningdek barcha maktab direktorlari, mahalla raislari, mahalla yoshlar yetakchilari ishtirok etishdi.

Tadbir avvalida "Soxta da‘volar" nomli hujjatli film namoyish etildi. Shundan so'ng so‘zga chiqqanlar mavzu yuzasidan o‘z fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashishdi. Mutaxassislar tomonidan mafkuraviy hurujlar, turli xil yot g'oyalarga berilmaslik, taqiqlangan mazmundagi materiallardan foydalanmaslik, telefondan oqilona foydalanish ko‘nikmalari, mafkuraviy immunitetini kuchaytirishga qaratilgan ma'lumotlar berib o'tildi.

 

2015-2024 © Пастдарғом туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM