HECH KIM MEHR VA E'TIBORDAN CHETDA QOLMAYDI

 3-dekabr – "Xalqaro nogironlar kuni" munosabati bilan Pastdarg‘om tumani Juma shahridagi  “Istiqbol” bazmgohida bayram dasturxoni yozilib, tadbir tashkil etildi. 

Tadbirda Pastdarg‘om tumani hokimligi vakillari va sektor rahbarlari ishtirok etishdi. So‘zga chiqqanlar, bugungi kunda yurtimizda nogironligi bor fuqarolarga yanada ehtirom ko‘rsatish, ularning xolidan xabar olishga alohida e'tibor qaratilayotganligi haqida gapirishdi. Bayram tadbirida nogironligi bor fuqarolarga esdalik sovg‘alari topshirildi.

Tuman madaniyat bo‘limi sanʼatkorlari tomonidan yangragan kuy qo‘shiqlar esa davraga ko‘tarinkilik baxsh etdi.

 

2015-2024 © Пастдарғом туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM