Pastdarg‘om tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i Axmedov Asatulla Berdialievichning “Soliqchi-ko‘makchi” tamoyili asosida fevral oyida amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha hisoboti

       

Pastdarg‘om tumaniga fevral oyi uchun byudjet daromadlariga 13.1 mlrd. so‘mlik reja belgilangan. Haqiqatda esa 16.3 mlrd. so‘mlik tushum ta’minlandi va prognoz ko‘rsatkichi 124.4 foizga (3.1mlrd. so‘m ortig‘i bilan) bajarildi.

Masalan, fevral oyida aylanmadan olinadigan solig‘i bo‘yicha belgilangan 811.0 mln. so‘mlik reja haqiqatda 822.2 mln. so‘m (101.4 foiz)ga, jismoniy shaxslardan olinadigan yer va mol-mulk soliq bo‘yicha jami 2.2 mlrd. so‘mlik reja 6.0 mlrd. so‘m (266.1 foiz)ga bajarilganini ta’kidlash joiz.

Joriy yilning o‘tgan davrida 37 ta tadbirkorlik sub’ektiga dastlabki buxgalteriyani yuritish, 6 tasiga 7,8 mln. so‘mlik boshqa soliq turlaridagi ortiqcha to‘lovini qaytarish, 254 tasiga E-aktiv, E-ijara, E-imtiyoz avtomatlashtirilgan tizimlaridan foydalanish bo‘yicha amaliy ko‘mak berildi.

Tuman bo‘yicha joriy yilning fevral oyida 1977 nafar jismoniy shaxs o‘zini o‘zi band qilganini qayd etish lozim. Sohalar kesimida bu borada tikish-bichish faoliyati bilan shug‘ullanuvchilar  yetakchilik qildi. Jumladan, ushbu yo‘nalishda 255 kishi o‘zini o‘zi band qilib, faoliyat yuritishni boshladi.

             Telegram messenjeridagi “Soliqchi-ko‘makchi Pastdarg‘om DSI” guruhi orqali soliq to‘lovchilarning murojaatlari va savollariga malakali mutaxassislar tomonidan tezkorlik bilan javob qaytarilmoqda. Masalan, fevral oyida “Soliqchi-ko‘makchi Pastdarg‘om DSI” guruhida 15 ga yaqin savollarga atroflicha javob berildi.

 

2015-2024 © Пастдарғом туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM