
Bugungi kunda Pastdarg‘om tumanida 4587 nafar tadbirkorlik sub’ektlari faoliyat yuritayotgan bo‘lsa, shundan 2061 nafari yakka tartibdagi tadbirkorlardir.
Ishbilarmonlar safining kengayishida soliq qonunchiligiga oid targ‘ibot tadbirlari muhim ahamiyat kasb etadi. Ayni maqsadda, tuman soliq inspeksiyasi mutaxassislari tomonidan joriy yilning mart oyida soliq qonunchiligiga oid yangiliklar, soliq stavkalari va berilayotgan soliq imtiyozlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tadbirkorlik sub’ektlariga yetkazish maqsadida 2 marotaba seminar va uchrashuvlar o‘tkazilib, sohalar kesimida davra suhbatlari tashkil etildi.
Shuningdek, 2023-yilning mart oyida:
- Soliq to‘lovchilar o‘rtasida olib borilgan tushuntirish ishlari natijasida tumandagi 173 ta korxonada norasmiy ishlab kelayotgan 2121 nafar fuqarolar qonuniy tartibda faoliyat yurita boshladi. Jumladan, savdo va umumiy ovqatlanish korxonalaridagi 383 nafar, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish korxonalaridagi 457 nafar, qurilish korxonalaridagi 598 nafar hamda qishloq xo‘jaligi sohasidagi 683 nafar fuqarolarning faoliyati legallashtirilib, byudjetga 246,1 mln so‘m qo‘shimcha mablag‘ yo‘naltirildi;
- 6 nafar yuridik shaxslar o‘rtasida hamda 25 nafar jismoniy shaxslar o‘rtasida jami 31 ta ko‘chmas mulk ijara shartnomalari tuzildi;
- 1850 nafar fuqarolar o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tdi;
- Tuman soliq inspeksiyasining “Soliqchi-ko‘makchi” telegram kanaliga murojaat yo‘llagan 9 nafar tadbirkorlarning muammolari ijobiy hal etildi.
- Tuman soliq inspeksiyasiga jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan kelib tushgan 176 ta murojaatning 63 tasi ijobiy hal etildi. 80 ta murojaat yuzasidan tushuntirish berilib, 20 ta murojaat tegishliligi bo‘yicha boshqa tashkilotlarga yuborildi. 13 ta murojaat esa ko‘rib chiqish jarayonida;
- 127 ta xo‘jalik yurituvchi subyektlarga nisbatan 2,15 mlrd so‘mlik soliq imtiyozlari qo‘llanildi. mol-mulk solig‘idan 0,36 mlrd so‘m, yer solig‘idan 0,94 mlrd so‘m, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘idan 0,85 mlrd so‘m miqdorida soliq imtiyozlari qo‘llanildi.
Bundan tashqari, mart oyida Pastdarg‘om tumani bo‘yicha soliq to‘lovchilar tomonidan jami 16.1 mlrd so‘m soliq to‘lanib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 4.8 mlrd so‘m ko‘p mablag‘ undirildi yoki 142.4 foizga o‘sishga erishildi.
Jumladan:
- jismoniy shaxslar mol-mulk solig‘idan 2.2 mlrd so‘m undirilib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1.1 mlrd so‘mga ko‘p yoki 195.3 foizga;
- Yuridik shaxslar mol-mulk solig‘idan 276.4 mln so‘m undirilib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 222.7 mln so‘mga ko‘p yoki 514.0 foizga;
- jismoniy shaxslar yer solig‘idan 4.1 mlrd so‘m undirilib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 2.3 mlrd so‘mga ko‘p yoki 227.7 foizga;
- Aylanmadan olinadigan solig‘idan 1.1 mlrd so‘m undirilib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 487.5 mln so‘mga ko‘p yoki 182.5 foizga;
- Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘idan 5.0 mlrd so‘m undirilib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 300.0 mln so‘mga ko‘p yoki 106.2 foizga o‘sishga erishildi.