PASTDARG'OM TUMANIDA OCHIQ BUDJET G‘OLIBLARI ANIQLANDI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-apreldagi “Budjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5072-sonli Qaroriga asosan Moliya Vazirligining “Ochiq budjet” axborot portali orqali joriy yilning fevral oyida fuqarolar tomonidan bildirilgan takliflarning 2021-yil 22-apreldagi KQ-213-IV-sonli qarori  ijrosini ta'minlash yuzasidan Pastdarg'om tumani “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi”ga 2023-yil 1-mavsum uchun 12,083 mlrd so‘m mablag‘ yo‘naltirilgan bo‘lib, ushbu mavsum uchun fuqarolar tomonidan 239 ta takliflar ilgari surilib, saralash bosqichida 155 ta taklif ovoz yig‘ish jarayoniga o‘tkazilgan, shulardan 16 ta taklif 2023-yil 1-mavsum g‘olibi deb topildi.

 

Pastdarg’om tumani hokimligi axborot xizmati

 

2015-2024 © Пастдарғом туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM