
Odamlarni bugunidan rozi qilish, ko‘makka muhtojlar davlat mehrini xis qilib yashash bugungi davlatimiz siyosatining asosiy maqsadlaridan biri.
Pastdarg‘om tumani “Navoiy” mahallasida istiqomat qiluvchi Sohiba Sharipova ham davlatimiz ko‘magiga muhtojlardan. Sohiba opa hayot sinovlariga duch kelgan ayollardan. U kishi bir nafar farzandni yolg‘iz tarbiyalab kelmoqda. Sog‘lig‘idagi muammo sabab ro‘zg‘or tashvishlari bilan kurashishda biroz qiynalmoqda.
Pastdarg‘om tuman hokimi Vahobjon Murodqobilov Sohiba opadan xol so‘rash maqsadida u kishining xonadonida bo‘lib, muammolarini tingladi. Sohiba opa uyining tom hamda tashqi qismi ta’mirga muhtoj ekaligi, uni bartaraf etish uchun ko‘mak so‘radi. Tuman hokimi ayolning bugungi holatidan kelib chiqib, ushbu maummosini ijobiy xal qilib berishligini ma’lum qildi.