To'qsonbosti ekinlari ekilmoqda

Aholi tomorqalarida 2024-yil hosili uchun avgust-sentabr oylari piyoz va boshqa toʻqsonbosti ekinlarini ekish mavsumi hisoblanadi
Shu maqsadda Pastdargʻom tuman Chandirobod mahallasi aholi xonadonlarida, Paxtakor mahallasi hududidan dehqon xoʻjaliklari uchun ajratib berilgan yer maydonlarida toʻqsonbosti ekinlarini ekish ishlari boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi. Unda mavsumning bu yumushini sifatli va qisqa muddatlarda yakunlash, talab etiladigan urugʻlar yetkazib berilishi va unib chiqqan nihollar parvarishiga jiddiy eʼtibor qaratish, samarasiz va umuman foydalanilmayotgan tomorqa yer maydonlaridan foydalanishni yaxshilash boʻyicha amaliy tavsiyalar berildi.

2015-2023 © Пастдарғом туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM