Pastdarg‘om tumani Oqmang‘it mahallasining ichki yo‘llari shu paytgacha birmuncha ta’mirtalab holda bo‘lib, bu aholi va transport vositalari harakatida noqulayliklar keltirib chiqarayotgan edi.
Ayni paytda “Mening yo‘lim” loyihasi doirasida ushbu mahallaning 2,6 klometr qismida asfalt yotqizish ishlari olib borilmoqda.
Aholi qulayligi uchun xizmat qiladigan bu kabi ishlar, tumanning boshqa mahallarida ham davom etmoqda.