O‘zbek tili jahon minbarida

Bundan 31 yil oldin ona tilimiz davlat tili maqomiga ega bo‘lgan bo‘lsa, kuni kecha davlatimiz rahbarining BMT Bosh Assambleyasining 75-sessiyasida, 192 ta davlat rahbarlarining qarshisida  so‘zlagan nutqi o‘zbek tilida ekanligi davlatimiz, millatimiz, xalqimiz ruhiyatiga qaytadan milliy g‘urur tuyg‘usini bag‘ishladi. Dunyodagi iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy muammolarga o‘zbekona ruhda yondoshuvlar esa o‘ziga xos tarixiy hodisa bo‘ldi. Bu hodisadan qalbimiz o‘zgacha bir faxr tuyg‘usini tuydi.

Ayniqsa, Prezidentimizning dunyo minbaridan turib ona tilimizda ma’ruza qilishi, bugun xalqimizning e’tiborini yana bir bor o‘zbek tiliga hurmat masalasi haqida o‘ylab ko’rishga majbur etibgina qolmay, barchamizning mas’uliyatimizni yanada oshirdi.

2015-2024 © Пастдарғом туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM