Янгиликлар

Aholi xonadonlarini obodonlashtirish

Pastdarg'om tumani “Go'zalkent”  mahallasida "Obod xonadon, Obod ko‘cha, Obod mahalla" mezonlarini joriy etishda olib borilayotgan ishlar jarayonida, tuman hokimi o`rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo'limi boshlig'i N.Qorayeva mahalladagi oqila ayollar, ko‘cha boshi ayollar, hudud patronajlari bilan hamkorlikda aholi xonadonlarini obodonlashtirish va  xonadon gigiyenasi bo‘yicha tushuntirish hamda targ‘ibot ishlari olib borildi.

“Ochiq eshiklar kuni” tadbiri tashkil etildi

Pastdarg`om tumani IIBda tuman hududidagi taʼlim muassasalarining oʻquvchilari uchun “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri tashkil etilib, unda IIB faoliyatning asosiy yoʻnalishlari, foydalanishdagi qurol-aslaha va maxsus vositalar, moddiy-texnik baza hamda “Vatanparvarlik burchagi” toʻgʻrisida tushuntirish ishlari olib borildi.

Hokim hududlar obodligi bilan tanishdi

Bu galgi manzil Juma shahridan Kattaqo’rg’on tumani chegarasigacha bo‘ldi.

Pastdarg‘om tuman hokimi Vahobjon Murodqobilov tegishli tashkilot rahbarlari ishtirokida hududlarda olib borilayotgan obodonlashtirish ishlarining bugungi ahvoli bilan tanishish maqsadida tuman markazidan Kattaqo’rg’on tumani chegarasigacha bo‘lgan hududni o'rgandi.

Go‘zalkent mahallasida “Obod xonadon”, “Obod ko‘cha” va “Obod mahalla”

Pastdarg‘om tumani Go‘zalkent mahallasida “Obod xonadon”, “Obod ko‘cha” va “Obod mahalla” mezonlarini joriy etish doirasida aholi o‘rtasida targ‘ibot ishlari davom etmoqda.

Jumladan, mahallada tuman hokimligi vakillari,  ko‘chaboshilar, hoji otalar va mahalla faollari tomonidan  xonadon madaniyati va gigiyenasi kabi masalalar bo‘yicha tushunchalar bermoqda.

Goʻzalkent mahallasi

Goʻzalkent mahallasida aholini xatlovdan oʻtkazish boʻyicha respublika ishchi guruhi, viloyat shtabi rahbari hamda tuman hokimining birinchi oʻrinbosari tumandagi xotin- qizlar faollariga kerakli koʻrsatma va topshiriqlar berdi.

2015-2024 © Пастдарғом туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM