Янгиликлар

“Davlat tili haqida” hamda “Reklama to‘g‘risida”gi Qonunlarga mos kelmagan tashqi reklama

Pastdargʻom tumani hokimligi Ishchi guruhi tomonidan tartibsiz joylashtirilgan, ruxsat etilmagan joylarga o‘rnatilgan va “Davlat tili haqida” hamda “Reklama to‘g‘risida”gi Qonunlarga mos kelmagan tashqi reklama vositalari tartibga keltirilmoqda.

“Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun!” shiori ostida targ‘ibot tadbiri bo’lib o’tdi

Pastdarg’om tuman madaniyat uyida nuroniy jamg‘armasi tuman bo‘limi xodimlari hamda mahallalardagi faol nuroniylar ishtirokida “Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun!” shiori ostida targ‘ibot tadbiri bo’lib o’tdi.

"Obod xonadon, Obod ko‘cha, Obod mahalla"

Pastdarg'om tumani “Go'zalkent”  mahallasida "Obod xonadon, Obod ko‘cha, Obod mahalla" mezonlarini joriy etishda olib borilayotgan ishlar jarayonida, tuman hokimi o`rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo'limi boshlig'i N.Qorayeva mahalladagi oqila ayollar, ko‘cha boshi ayollar, hudud patronajlari bilan hamkorlikda aholi xonadonlarini obodonlashtirish va  xonadon gigiyenasi bo‘yicha tushuntirish hamda targ‘ibot ishlari olib borildi.

Go’zalkent mahallasida

Avval xabar berganimizdek Pastdarg‘om tumani Go’zalkent mahallasida "Obod xonadon", "Obod ko‘cha" va "Obod mahalla" me’zonlari asosida keng ko‘lamli obodonlashtirish, bunyodkorlik ishlari davom etmoqda.

Respublika ishchi guruhi hamda tuma ishchi guruhi vakillar xonadonma-xonadon yurib aholi  hamda ijtimoiy soha obektlarida mavjud muammolarini o’rganmoqda.

Ayni paytda

Samarqand viloyat teleradiokompaniyasida Pastdarg‘om tumanining to‘rtta sektor rahbari ishtirokida "Ochiq muloqot" ko‘rsatuvi bo‘lib o‘tmoqda.

2015-2024 © Пастдарғом туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM