AHOLI BIRDAMLIGI - JAMIYAT KO‘ZGUSI
Tuman hokimi kun davomida bir qator mahallalarda bo‘lib, aholi yashash sharoitlari, turmush tarzi, mahallada olib borilgan obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish ishlari bilan tanishdi.
Shu jumladan, taʼmirtalab bo‘lgan "Navro‘z" mahallasining maʼmuriy binosini qaytadan qurish bo‘yicha mahalla yettiligi, tadbirkorlar va faollar bilan suhbat o‘tkazilda va binoni o‘zaro birdamlikda hashar yo‘li orqali bunyod etishga kelishib olindi.
Shundan so‘ng, "Paxtakor" mahallasida olib borilayotgan obodonlashtirish, tartibga keltirish ishlari ko‘zdan kechirildi. Bu borada aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish bo‘yicha masʼullarga topshiriqlar berildi.
O‘rganishlar davomida "Samarqand" mahallasidagi noqonuniy tadbirkorlik obyektlari bartaraf qilish xususida mutasaddilarga ko‘rsatma berildi va ushbu mahallada ham yangi maʼmuriy bino qurish masalasi ilgari surildi.
Navbatdagi manzil "Qora Mang‘it" mahallasi bo‘ldi. Birdamlikda olib borilayotgan mahalla binosini qurish ishlari faollar va nuroniylar hamrohligida ko‘zdan kechirildi.
Xuddi shunday qurilish ishlari "Gulobod" mahallasining inoq aholisi tomonidan amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishildi.
Shu bilan birga, "Jag‘alboyli" mahallasida bo‘lib, maʼmuriy binoni xalq ko‘magida hashar yo‘li orqali qayta taʼmirlashga kelishib olindi.
So‘ngi manzil "Boltali" mahallasi bo‘ldi. U yerda Tuman hokimligi boshchiligida sektor rahbari nuroniylar va faollar jam bo‘lib, mahalla binosini qurish borasidagi vazifalar belgilab olindi.
Shu qatorda, barcha mahallalarda obodonlashtirish ishlariga befarq bo‘lmagan holda, qisqa fursatlarda qurilish ishlariga kirishish lozimligi taʼkidlandi.