TA'LIM - KELAJAK POYDEVORI!
Yurtimiz bo'ylab yangi o'quv yili boshlangan. Tumanimizdagi ta'lim dargohlari ham gavjum, o'quvchilar bilim olishga astoydil kirishgan.
Tuman hokimi tegishli mutasaddilar hamrohligida bilim dargohlarida bo'lib, ta'lim jarayonlari bilan tanishdi.
Dastlabki manzil 3-son kasb-hunar maktabi bo'ldi. 8 turdagi soha boʻyicha ta'lim beriladigan ushbu maskanida hozirda, 694 nafar o'quvchilar bilim olishmoqda.
Tashrif davomida, o'quvchilar bilan suhbat o'tkazilib, bilim olishga jiddiy yondashishlar, o'z tanlagan sohasining mutaxassisi bo'lishlari, jamiyatga, yurtiga va xalqiga nafi tegadigan yetuk kadr boʻlishlari lozimligi ta'kidlandi.
Navbatdagi manzil Pastdargʻom "Abu Ali ibn Sino" nomidagi jamoat salomatligi texnikumi bo'ldi.
Bunda, o'quvchilarning ta'lim olishlari uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishildi.
Shu qatorda, ta'lim sifatini yanada oshirish xalqimiz uchun xizmat qiladigan mahoratli va bilimli mutaxassislar yetkazib berish borasida taklif va tavsiyalar berildi.
Shuningdek, o'quvchilar turar joyidagi holat ko'zdan kechirildi.
Shu bilan birga, har ikkala ta'lim maskanida ham o'quv sifatini oshirish, davomad masalasiga alohida eʼtibor qaratish hamda keng koʻlamdagi obodonlashtirish ishlarini boshlab yuborishga kelishib olindi va bu borada aniq vazifalar belgilab olindi.