insurez
16-03-2024 10:48


Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini qabul qilish tartibi

 

             Pastdarg’om tumani hokimligida fuqarolarni qabul qilish O‘zbekiston Respblikasining «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi Qonuni (11.09.2017-yildagi O‘RQ-445-son) bilan tartibga solinadi.

             Jismoniy va yuridik shaxslar tuman hokimligiga dushanba-juman kunlari soat 9:00 dan soat 18:00 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida hokimlik Umumiy bo‘limi orqali murojaat qilishlari mumkin.

             Shuningdek, haftaning dushanba kunlari tuman hokimi va sektor rahbarlarining O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Pastdargom tumanidagi xalq qabulxonasida murojaatlar qabuli o‘tkazilib kelinadi. Mazkur qabul soat 9:00 da boshlanib, to so‘nggi murojaatchi qolguniga qadar davom etadi.

             Bundan tashqari, tumandagi byuarcha sektor rahbarlari, xususan tuman hokimi – 1-sektor rahbarining sektor hududidagi mahallalarda domiy ravishda sayyor qabuli tasdiqlangan reja asosida tashkil etilib kelinadi.

             Ushbu imkoniyatlardan tashqari, jismoniy va yuridik shaxslar uchun tuman hokimligi telegram bot orqali (https://t.me/pastdargomuz) yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri tuman hokimining o‘ziga telegram messenjeri orqali (https://t.me/pastdargom_hokimi) murojaat qilish imkoniyati yaratilgan.

             Jismoniy va yuridik shaxslarning arizalari, takliflari, va shikoyatlarini hisobga olish va ularni o‘tishi hamda ko‘rib chiqilishi ustidan nazorat qilish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

             Pastdarg’om tumani hokimligiga kelib tushgan jismoniy va yuridik shaxslarning arizalari, takliflari va shikoyatlarini ro‘yxatdan o‘tkazish, hisobga olish va ularning bajarilishini nazorat qilish uchun viloyat hokimligi murojaatlari bilan ishlash bo‘limi tomonidan amalga oshiriladi.

             Jismoniy va yuridik shaxslarning arizalari, takliflari, va shikoyatlari bilan ishlashni tashkil etish, ularning bajarilishini nazorat qilish, shuningdek, tuman hokimligi rahbarlari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish alohida Nizom bilan belgilanadi.

Jismoniy va yuridik shaxslarning arizalari va shikoyatlari - kelib tushgan kundan e’tiboran o‘n besh kun mobaynida, qo‘shimcha o‘rganish va (yoki) tekshirish, qo‘shimcha hujjatlarni so‘rab olish talab etilganda esa bir oygacha bo‘lgan muddatda;

             Korxonalar, birlashmalar, muassasalar, tashkilotlarning xatlari 10 kun muddatda:

             Jismoniy va yuridik shaxslarning takliflari - bir oygacha bo‘lgan muddatda, qo‘shimcha o‘rganish talab qiladiganlardan tashqari;

             Zudlik bilan hal etishni talab qiluvchi telegrammalar - ikki kungacha muddatda, qolganlari esa 10 kun mobaynida ijrosi ta’minlanadi.

 

 

Teglar
Insurance Policy