insurez
16-03-2024 10:51


2023-yil sarhisobi

Davlatimiz rahbarining 2023-yil 24 avgustidagi Samarqand viloyatiga tashrifi davomida tumanimiz aholisining manfaati yo‘lidagi bar qancha takliflarni bildirgan edik. Ularning ma’qullanishi uzoq yillardan buyon aholini qiynab kelgan masalalarning ijobiy hal etilishiga asos bo‘lib xizmat qilmoqda.

Misol uchun oladigan bo‘lsak, tuman markazidan o‘tgan temir yo‘l kesishmasida tonnel qurilishi borasidagi xabarlarni xalqimiz ham xursandchilik bilan qabul qildi. Hozirda qurilish ishlari qizg‘in olib borilmoqda.

Darhaqiqat, bugungi kunda oldmizda turgan dolzarb vazifalarimizdan biri aholining bandligini ta’minlash, ularga munosib daromad manbalari yaratish, bu borada mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanishdir. Bugungacha kechgan faoliyatim davomida buning uchun yetarlicha imkoniyatlar borligiga yana bir bor amin bo‘ldim.

Davlatimiz rahbari ko‘p bora aholiga mablag‘ (pul) berish emas, balki qanday qilib bor imkoniyatdan foydalangan holda daromad topishni o‘rgatish lozimligini aytib o‘tadilar. Ya’ni, sodda qilib aytganda baliq emas, qarmoq berishimiz va undan samarali foydalanishni o‘rgatishimiz zarur. Bunda biz, albatta, qishloq xo‘jaligida mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanishga harakat qilmoqdamiz. Sababi, o‘zingiz bilasiz, Bulung‘ur tumanida qishloq xo‘jaligida imkoniyatlari katta. Unumdor yerlarimiz ko‘p. Xususan, hozirda aholi ixtiyorida 3900 gektar tomorqa yer maydonlari  mavjud bo‘lib, ushbu yer maydonlaridan yetarlicha samarali foydalanyapmiz, deb ayta olmayman. Bugungi kunda yerlardan yiliga 2-3 martadan hosil olish imkoniyatini ko‘rib chiqyapmiz. Bugungi kunda yiliga 125 ming tonna mahsulotlar yetishtirilayotgan bo‘lsa, kelgusida aholi tomorqa maydonlarida ertaki, takroriy va to‘qsonbosti usullarni keng joriy etish orqali qo‘shimcha 60 ming tonna hosil olish orqali aholining daromadini oshirish imkoniyati mavjud.

Quvonarlisi shundaki, joylarda yurib, aholining tomorqadan foydalanish borasidagi madaniyati, dunyoqarashi ham o‘zgarib borayotganligining guvohi bo‘lyapmiz. Xususan to‘qsonbosti usulida ekin qilish, issiqxonalar yordamida yerdan yil 12 oy samarali foydalanish borasidagi tajribalarni ko‘ryapmiz. Misol uchun, Yangiariq mahallasi fuqarosi Rasulov Rustam tomorqasiga sarimsoqpiyoz (chestnok) ekib, uning orasiga ismaloq ham ekkan. Hovlisining bir chetida issiqxona ham tashkil qilib, unda qulupnay yetishtirmoqda. Ya’ni, ushbu xonadon egalari yerdan unumli foydalanib, yil 12 oy daromad olish chorasini ko‘rishmoqda. Yoki ijtimoiy tarmoqlarda ham ko‘pchilik ko‘rishdi, tumanning Sarqipchoq mahallasida Xolmamatov Erkin xonadonida issiqxona tashkil qilib, banan yetishtirib sotmoqda. Yangiobod mahallasida Ergash Otaqulov o‘z xonadonida qo‘ziqorin yetishtirib, daromad qilmoqda. Yoi bugun tumanimizda brokkeli, lukpari kabi ham sog‘liqqa, ham cho‘ntakka foydali bo‘lgan ekin turlari yetishtirilib, yerdan mo‘l hosil olish choralari ko‘rilmoqda. Bu kabi misollarni ko‘plab keltirishimiz mumkin. Qadimdan ota-bobolarimiz “Yer ichida oltin bor, Qaziy bersang, topasan”, yoki “Yer – don, dehqon – xazinabon”, deb bekorga aytishmagan.

Bundan tashqari, davlatimiz rahbariga Xo‘jamazgil mahallasidagi qariyb 25 yil davomida samarasiz foydalanilgan 2 ming gektar la’lmi yer maydonini sug‘oriladigan yer maydoni toifasiga o‘zgartirish taklif qilingan edi. Mazkur taklifimiz ham ma’qullanib, hozirga qadar 2 km. masofaga quvur yotqizish ishlari olib borildi, 2 ta hovuz (ovan kamera)da betonlash ishlari olib borildi, nasos stansiyasi qurish ishlari davom etmoqda.

Loyiha may oyida ishga tushrilishi, natijada 150 ta yangi tadbirkorlar, 1500 tadan 2500 tagacha doimiy ish o‘rinlari yaratilib, Xo‘jamazgil mahallasi va unga tutash bo‘lgan mahallalardagi ishsiz fuqarolarning bandligi ta’minlashga erishiladi. Ushbu yer maydonlarda kartoshka (30 ming tonna), takroriy ekinga dukakli mahsulotlari yetishtiriladi (3 ming tonna), uzum va boshqa mahsulotlar ekilib, jami 35 ming tonna mahsulot  yetishtirilishi hisob-kitob qilingan.

Bugungi kunda tumanda 8 ta meva-sabzavotni kayta ishlash korxonalari mavjud bo‘lib, ularning kayta ishlash kuvvati 120 ming tonnani takshil etadi. Demak, yuqorida tilga olingan maydonlarda yetishtirilgan mahsulotlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri bozorga chiqarmasdan, qayta ishlash va ekportga yo‘naltirish imkoniyatlarimiz ham bor. Bu esa, o‘z navbatida tumanimizning eksport salohiyatiga o‘zining ijobiy ta’sirini ko‘rsatadi.

Umuman, bugun aholining farovonligi yo‘lida bildirilayotgan hech bir taklifimiz e’tibordan chetda qoldirilayotgani yo‘q, barcha imkoniyatlar yaratib berilmoqda. Biz esa ushbu imkoniyatlardan unumli foydalanishimiz zurur.

Bundan tashqari, shu kunlarda tumanimizda ishchi gurux tomonidan xatlov o‘tkazilmoqda. Xususan, 3 kungi xatlov natijalariga ko‘ra, mahallalarda 536 nafar tadbirkorlik qilish istagidagi tashabbuskorlar borligi aniqlandi. Ulardan, 338 nafar kredit, 198 nafar subsidiya mablag‘lariga ehtiyoji borligini bildirdi. Joylarda ishchi guruh tomonidan o‘rganish ishlari davom etmoqda. Xatlov yakuniga ko‘ra talab va ehtiyojlarimizni yanada aniqlashtirib, kelgusi qadamlarimizni shunga ko‘ra olamiz.

Murojaatlar

Yil yakunalarini sarhisob qilar ekanmiz, 2023 yilda “Samarqand” viloyat teleradiokompaniyasi orqali “Ochiq muloqot” ko‘rsatuvlarida 4 marotaba ishtirok etib, tumanimizda amalga oshirilayotgan ishlar, kelgusi rejalarimiz to‘g‘risida xalqimizga ma’lumot berganmiz, ularning savol va takliflarini qabul qilganmiz.

Jumladan, so‘nggi muloqotimiz 13 noyabr kuni o‘tkazilgan bo‘lib, unda 35 nafar fuqaro tomonidan jami 37 ta murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, ularning 1 tasi minnaddorchilik ruhida edi. Har bir murojaat tegishli tartibda soha mas’ullariga yo‘naltirilib, ularning ijrosini ta’minlash chorasi ko‘rildi. Yakunda bildirilgan murojaatlarning 12 tasi ijobiy hal etilgan, 6 ta murojaat yuzasidan ishlar mablag‘ bilan bog‘liq bo‘lganligi sababli kelgusida bosiqma-bosqich amalga oshirilishi rejalashtirilgan, 2 ta holatda murojaat anonim deb topilgan, 2 ta murojaat qonunga nomuvofiq bo‘lganligi sababli rad etilgan, 14 ta murojaat yuzasidan huquqiy tushuncha berilgan. Bunda masalan qishloq xo‘jaligida foydalanish maqsadida yer olish to‘g‘risidagi murojaatlarga bugungi kunda yerlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri berilmasligi va E-auksion.uz platformasidan olishi mumkinligi tushuntirilgan. Kutilganidek, bildirilgan murojaatlarning aksariyatini kommunal soha, ya’ni elektr ta’minoti, tabiiy va suyultirilgan gaz, avtomobil yo‘llarini asfatlash, ichki yo‘llarni shag‘allashtrish, suv ta’minoti borasidagi murojaatlar tashkil etmoqda. Yaxshigina mablag‘ zarur bo‘lgan masalalarni davlat Dasturlariga kiritish yoki “Tashabbusli budjet” imkoniyatlaridan samarali foydalangan holda ijobiy hal etish choralarini ko‘ryapmiz.

Xabaringiz bor, bugun barcha islohotlarimiz “Inson qadri uchun” degan ezgu g‘oya asosida amalga oshirilmoqda. Jumladan, bugun davlat idoralari xalq uchun ochiq bo‘lib, sektor rahbarlari ishtirokida joylarda sayyor qabullar, uchrashuvlar tashkil etilishi odat tusiga kirdi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining xalq qabulxonasi Bulung‘ur tuman bo‘limi bilan hamkorlikda 2024 yil boshidan to shu kungacha sektor hududidagi 15 ta mahallalarda 10 marotaba “Hokim va yoshlar” uchrashuvi hamda 17 marotaba  “Cayyor qabul”lar  o‘tkazildi. Ularda 450 nafardan ortiq fuqarolar ishtirok etgan bo‘lib, 155 ta murojaatlar qabul qilingan. Shundan, 106 ta murojaatlar ijobiy hal qilingan bo‘lsa, 25 ta murojaatlarga tushuntirishlar berilgan hamda 24 ta murojaatlar bajarilish jarayonida turibdi.

Bundan tashqari, haftaning dushanba kunlari tumandagi Xalq qabulxonasida jismoniy va yuridik shaxslar uchun murojaatlar qabuli o‘tkazilib kelinmoqda. Ushbu qabullar davomida yurtdoshlarimiz bilan yuzma-yuz ko‘rishib, ularning murojaat va takliflarini tinglab, qonun doirasida ijobiy hal etish choralari ko‘rib borilmoqda. Xususan, joriy yil boshidan bugunga qadar o‘tkazilgan ana shunday murojaatlar qabularida 245 ta murojaatlar qabul qilinib, ijroga qaratilgan.

Kommunal soha

Yuqorida aytangimdek, bugungi kunda murojaatlarning aksariyatini kommunal soha bilan bog‘liq murojaatlar tashkil etadi. Demakki, sohada o‘z yechimini kutayotgan masalalar bor. Shunday ekan, bu boradagi ishlarimiz to‘g‘risida ham ma’lumot berib o‘tishimiz kerak. Xususan, 2023 yilda tumandagi “Yangi O‘zbekiston” massivi qurilishi jarayonida 12 ta 5 qavatli 20 va 25 honodonli jami 257 ta honadondan iborat uy-joylar foydalanishga topshirildi. Bugungi kunda yana 32 ta 5 qavatli 20 va 25 honodonli jami 651 ta honodonli uy-joylarning qurilish ishlari davom etmoqda.

Shuningdek, massivida 9 mlrd. 945 mln. so‘mga 7 000 megavattlik qozonxona qurilib, 3 ming 380 metr issiqlik tarmoqlari tortildi va ishga tushirildi. Hududda qurilayotgan ko‘p qavatli uy-joylar uchun 5 000 kublik tozalash inshooti qurilishi boshlangan bo‘lib, bugunga qadar 19.4 km. oqova suv tarmoqlari tortildi.

Bundan tashqari, ko‘p yillardan buyon tuman markazida istiqomat qilayotgan aholini qiynab kelayotgan masalalardan biri o‘z yechimini topish arafasida. Ya’ni Bulung‘ur shaxri axolisi va ijtimoiy soha ob’ektlarini oqova suv tarmog‘i bilan to‘liq qamrab olish maqsadida 13 km. 940 metr oqova suv tarmoqlari qurilishi boshlanish arafasida turibdi.

Tuman markazidagi, xususan ko‘p tarmoqli markaziy poiklinikaga borish yo‘lidagi tirbandlik masalasi ijobiy hal etildi. Bunda ko‘cha savdosiga barham berildi. Svetafor, yo‘l belgilari o‘rnatilib, avtomobillar va piyodalar harakati tartibga solindi. Mahalliy tadbirkorlar bilan kelishilgan holatda “Bulung‘ur buyum bozori” MChJning orqa tomonidan avtomobillar uchun avtoturargoh tashkil etilib, to‘liq foydalanishga topshirildi.

Shuningdek, tugallangan yil davomida:

-6 mlrd. 900 mln. so‘mga 2 ta ko‘prik rekonstruksiya qilinib, foydalanishga topshirildi.

-3 mlrd. 840 mln. so‘mga 11 ta maktablarga qo‘shimcha bino qurilib, foydalanishga topshirildi.

-7 mlrd. 350 mln. so‘mga 2 ta (25-30) DMTT rekonstruksiya qilinib, foydalanishga topshirildi.

-2 mlrd 200 mln so‘mga 1 ta bolalar-o‘smirlar sport maktabi rekonstruksiya qilinib, foydalanishga topshirildi.

-2 mlrd 400 mln so‘mga Bot-bot kanali rekonstruksiya qilinib, foydalanishga topshirildi.

Aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash maqsadida jami 5 mlrd. 900 mln. so‘mga 6 dona yangi suv inshooti qurilib, 22,2 km. ichimlik suv tarmog‘i tortildi. Shuningdek, homiylik va hashar yo‘li bilan jami 14.2 kmichimlik suv tarmog‘i tortilib, foydalanishga topshirildi. Natijada markazlashgan ichimlik suvi bilan ta’minlanish darajasi 70,7% dan 73,8% ga yetkazildi.

Ichki yo‘llarni ta’mirlash maqsadidajami 76,1 km. ichki yo‘llarga asfalt yotqizildi91,9 km. ichki tuproq ko‘chalari shag‘allashtirildi.

Elektr energiyasi ta’minotini yaxshilash maqsadida, 16 ta yangi transformator o‘rnatildi, 683 ta temir beton ustunlarga almashtirildi,
19 km. tarmoq yangilandi, 173 ta transformator hamda 341 km. tarmoq joriy va mukammal ta’mirlandi.  Bundan tashqari tumandagi “Ibn Sino” PSdagi 4 000 kVali transformatorga qo‘shimcha tarzda 6 300 kVa quvatli transformator o‘rnatildi hamda “Bulung‘ur” PSdagi 6 300 kVa quvvatli transformator 10 000 kVa quvvatdagi transformatorga almashtirildi.

Lekin, albatta amalga oshirilgan ushbu ishlar tizimdagi muammolarni to‘liq hal etishga yetarli emas. Bunga fevral oyida kuzatilgan sovuq iqlim sharoitida yana bir bor amin bo‘ldik. Xususan, joriy yilning 28 fevral kuni davlatimiz rahbari huzurida qayta tiklanuvchi energetika sohasidagi ustuvor vazifalar yuzasidan kengaytirilgangan tartibda o‘tkazilgan yig‘ilishda ham tarmoq rahbarlari oldiga bir qancha vazifalar belgilab berildi. Yig‘ilishda erishilgan natijalar bilan bir qatorda mavjud imkoniyatlar barcha hududlarda ham to‘liq ishga solinmayotgani ko‘rsatib o‘tildi. Bu borada 2024 yil uchun dastlabki rejalar ham yetarli emasligi qayd etildi. Mutasaddilar o‘tgan yildan saboq chiqarib, bu yo‘nalishda ikki karra ko‘p ishlashi va aniq natija ko‘rsatishi kerakligi, joriy yildan boshlab yirik “yashil energiya” quvvatlarini barpo etish bo‘yicha uch yillik dasturni amalga oshirishga o‘tilishini ta’kidladi. Aholi va tadbirkorlarning “yashil” energiyadan foydalanish borasidagi intilishlarini qo‘llab-quvvatlash yuzasidan ko‘rsatmalar berildi. Davlatimiz rahbari tomonidan belgilab berilgan vazifalarning bajarilishi bilan nafaqat respublikamiz, balki tumanimizda ham elektr energiyasi ta’minotining sifat jihatidan yaxshilanishiga erishiladi. Bu borada tuman sektor hamda tarmoq rahbarlari ham o‘z oldimizga muhim vazifalarni belgilab olganmiz.

2024-yilda Dasturlar doirasida elektr va ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash, yo‘llarni asfaltlash va shag‘alashtirish borasidagi ishlar hajmi tasdiqlangan. Shuningdek,

-10 mlrd. 140 mln. so‘mga 22, 12, 59 va 69-sonli maktablarga qo‘shimcha bino qurilish ishlari olib boriladi.

 - 1-sonli MTTni 7 mlrd. 083 mln. so‘mga rekonstruksiya qilinadi va Erganakli mahallasida 4 mlrd. 140 mln. so‘mga yangi 90 o‘rinli DMTT quriladi.

2 mlrd 200 mln so‘mga xalqaro ahamiyatga ega M-39 avtomobil yo‘lining 1046 km. qismida sel suvlari kelishining oldini olish bo‘yicha ishlar amalga oshiriladi.

 “Yashil makon” umummilliy loyihasida 2024 yil bahor mavsumida 693,3 ming dona, kuz mavsumida 414,2 ming dona hudud iqlimiga mos manzarali va mevali daraxt va buta ko‘chatlari ekiladi. Tumanda 3,5 gektar yer maydonda “Yashil bog‘lar” tashkil etiladi. Ko‘kalamzorlashtirish hududlarida 4 ta sug‘orish quduqlari, 2,5 km.dan ziyod sug‘orish tarmoqlari va 3,38 km. tomchilatib sug‘orish tarmoqlari barpo etilishi rejalashtirilgan.

Ijtimoiy himoya

2023 yil davomida aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, yangi ish o‘rinlari yaratish, aholini kambag‘allikdan chiqarish borasida ham bir qancha ishlar amalga oshirildi. Xususan, “Temir daftar” (977 ta oila), “Ayollar daftari” (5 ming 371 nafar) va “Yoshlar daftari” (1853 nafar) orqali e’tibor va ko‘makka muhtoj aholi qatlamlarining ro‘yxatlari shakllantirilib, ularga ehtiyoji va imkoniyatidan kelib chiqqan holda turli yordamlar ko‘rsatildi. Bu boradagi ishlarimiz joriy yilda ham davom ettiriladi. Xususan, bu boradagi ishlarimiz joriy yilda ham davom ettiriladi. Faqat bunda maqsadliligi jihatidan biroz o‘zgarishlar kiritilmoqda. Misol uchun mablag‘lar aholiga asbob-uskuna, moddiy yordam, kontrakt to‘lovi kabi maqsadlarga yo‘naltirishga emas, aholining bandligi va daromad manbayi yaratilishiga e’tibor qaratiladi.

Tumanda 2022-2023 yilda 1554 gektar yer maydonlari 5915 nafar yurtdoshlarimizga 10 sotixdan 1 gektargacha lotlarga bo‘linib berilishi orqali ularning bandligini ta’minlashga erishilgan bo‘lsa, joriy yilda ham “Yoshlar daftari”da ro‘yxatda turgan 1 860 nafar yoshlarga dehqon xo‘jaligi yuritish uchun 504 gektar yer maydonlari ajratilishi belgilangan.

Bundan tashqari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil
18 yanvardagi Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish tartibini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi PF-15-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida tumanda eksportbop sabzavot ekish imkoniyati mavjud bo‘lgan 104 gektar yer maydoni 111 ta lotlarga bo‘linib elektron onlayn auksion savdolariga chiqarilgan.

Shuningdek, joriy yil boshidan bugunga qadar:

tumandagi gemodializga muxtoj bo‘lgan 25 nafar bemorlarning tibbiy buyum va vositalar uchun 100 mln.so‘m;

- 2024 yil uchun chaqiruvchilarni tibbiy ko‘rikdan o‘kazish xonalarini va mudofaa ishlari bo‘limi binosini ta’mirlash uchun 553 mln.so‘m;

- tumandagi tashkilotlarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash uchun 286 mln.so‘m;

- tuman “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi uchun ajratilgan binoni ta’mirlash uchun 350 mln.so‘m mablag‘lar ajratilgan bo‘lib, bularning barchasi ichki imkoniyatdan kelib chiqib amalga oshirilmoqda.

Iqtisod, investitsiya

Joriy yilda “Ochiq budjet” dasturi 1 bosqichida bildirilgan tashabbuslarni moliyalashtirish uchun 15,6 mlrd.so‘m mablag‘ ajratilishi ko‘zda tutilgan bo‘lib, ayni kunlarda takliflarni saralash jarayonlari davom etmoqda.

Ertadan, ya’ni 12 martdan 31 mart sanasiga qadar ovoz berish jarayoni bo‘lib o‘tadi.

Hech kimga sir emaski, bugun mamlakatimizda aholining daromadini oshirish maqsadida tadbirkorlikni rivojlantirishga aholida e’tibor qaratilmoqda. Xususan, tumanda investitsiyalarni jalb etish va yangi ish o‘rinlari yaratish borasidagi natijalarga to‘xtalib o‘tadigan bo‘lsam:

2023 yilda xududiy investitsiya dasuri doirasida hamda qo‘shimcha loyihalar hisobidan 316,9 mlrd.so‘mlik 124 ta loyiha amalga oshirilishi hamda 988 ta doimiy va mavsumiy ish o‘rinlari yaratildi. Misol uchun, sanoat sohasida "SAXIX BEK-BARAKA" MChJ tomonidan G‘o‘bdin massivida ishlab chiqarish quvvati yiliga 6 ming tonna bo‘lgan qiymati 9,5mlrd.so‘mlik “pomidorni qayta ishlash va tomat pastasi ishlab chiqarish” loyihasi amalga oshirilishi natijasida 20 ta yangi ish o‘rinlari yaratiladi.

2023 yilda jami 7 ta korxona tomonidan 8,2 mln.AQSh dollari miqdorida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya va xorijiy kredit mablag‘lari o‘zlashtirilib, belgilangan reja 103 foizga bajarildi. Misol uchun, G‘o‘bdin mahallasida “SAMARKAND RICHLAND INTERNATIONAL INVESTMENT” MChJ xorijiy korxonasi faoliyati yo‘lga qo‘yilib, quvvati yiliga 20 mln.dona bo‘lgan “pishiq g‘isht ishlab chiqarish” loyihasi amalga oshirildi. Buning uchun 4,9 mln.AQSh dollarlik to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya mabag‘lari o‘zlashtirilib, 75 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi.

Tumanda 2023 yil uchun sanoat ishlab chiqarish 757,0 mlrd.so‘mni tashkil etdi. Dastur doirasida xamda dasturdan tashqari
24 ta sanoat loyihalari ishga tushirildi. Natijada 663 ta yangi ish o‘rinlari hamda 98,1mlrd.so‘mlik yangi ishlab chiqarish quvvatlari yaratildi. Misol uchun, Mingchinor mahallasida “DAKA INTEKS” MChJ tomonidan ishlab chiqarish quvvati yiliga 60 ming dona bo‘lgan qiymati 8,0mlrd.so‘mlik “trikataj mahsulotlari ishlab chiqarishni” loyihasi amalga oshirildi. Natijada 180 ta yangi ish o‘rinlari hamda yillik 15 mlrd. so‘mlik ishlab chiqarish xajmi yaratildi.

Bundan tashqari, joriy yil davomida tumanga investitsiyalarni jalb etish orqali ishlab chiqarish va eksport quvvatlarini oshirish, yangi ish o‘rinlari yaratish borasida ham rejalarimiz aniq.

Xususan, xududiy investitsiya dasturi doirasida 56,1 mln.dollarlik 79 ta investsiya loyihalari shakllantirilgan bo‘lib, ushbu loyihalar amalga oshirilishi natijasida 546 nafar ish o‘rinlari yaratilishi ko‘zda tutilgan. Shundan bugunga qadar 26,4 mlrd.so‘mlik 11 ta investitsiya loyihalari ishga tushirildi hamda 74 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi.

Shuningdek, umumiy loyiha qiymati 215,0 mln.dollar bo‘lgan 3 ta loyiha doirasida 2024 yilda 90,0 mln.dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya mablag‘lari o‘zlashtirilishi rejalashtirilgan.

Jumladan,

1"OLTIN TULPOR MOTORS" MChJ tomonidan ishlab chiqarish quvvati yiliga 100 ming dona bo‘lgan qiymati 100,0 mln.dollarlik yengil avtomobil ishlab chiqarish loyihasi doirasida 2024 yilda 25,0 mln.dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya mablag‘lari o‘zlashtiriladi.

2. "YANGI OSIYO XALQARO BIOFARMASEVTIKA" MChJ xorijiy korxonasi tomonidan qiymati 150,0 mln.dollarlik qon preparatlari ishlab chiqarish loyihasi doirasida 2024 yilda 60,0 mln.dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya mablag‘lari o‘zlashtirildai.

3. "ZHONGYA JIUYU AGRICULTURAL DEVELOPMENT" MChJ tomonidan 467 gektar yer maydonida qiymati 15,0 mln.dollarlik makkajo‘xori yetishtirish va qayta ishlash loyihasi doirasida
2024 yilda 5,0 mln.dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya mablag‘lari o‘zlashtirilishi rejalashtirilgan.

2024 yil uchun 24 mln.288 ming dollarlik, shundan 3 mln. 557 ming dollar sanoat mahsulotlari hamda 20 mln. 731 ming dollarlik qishloq xo‘jalik mahsulotlarini eksportga chiqarish rejalashtirilgan.

ShU o‘rinda ma’lumot uchun aytib o‘tmoqchiman, bugungi kunda, yangi investitsiya loyihalarini joylashtirish uchun logistik jihatdan qulay hamda kommunikatsiya tarmoqlari mavjud bo‘lgan tumanning G‘o‘bdin massividan 159 gektar yer maydonlari zaxiraga olingan bo‘lib, hozirda yer toifasini o‘zgartirish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

Teglar
Insurance Policy