insurez
16-03-2024 10:51


Muhtaram Prezidentimiz tomonlaridan milliy iqtisodiyotimizni rivojlantirish uchun tadbirkorlik faoliyati va investitsion muhitni yanada yaxshilashga qaratilgan bir qancha qonunlarning qabul qilinganligi tadbirkorlikni samarali qo'llab-quvvatlashga xizmat qilmoqda.
Iqtisodiyotimizning barqaror o'sishi va aholini hayot darajasi hamda yashash sifatini oshirish xususiy tadbirkorlik sohasiga ko'p jihatdan bog'liq. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, kasanachilik hamda xizmat ko'rsatish sohasini ayniqsa, qishloq joylarida yanada rivojlantirish aholi hayot darajasi va sifatini izchil oshirib borish masalalarini ta'minlamoqda.
Tumanimiz viloyatning markazida, ya'ni, sharqni g'arb bilan, shimolni janub bilan chorraha sifatida bog'lovchi avtomobilь va temir yo'l kommunikatsiyalari tutashgan hududda joylashgan bo'lib, qulay geografik joylashuvi bois ishlab chiqarish loyihalarini amalga oshirish uchun eng qulay hudud hisoblanadi.
Investitsion jozibadorlikning yana bir nechta muhim omillari mavjud bo'lib, bular – qishloq xo'jaligi mahsulotlari bo'yicha boy xom-ashyo resurslari hamda eng muhimi mehnat resurslarining mavjudligidir.
Bundan tashqari, tadbirkorlikni amalga oshirish uchun tumanning “Kimyogarlar” massivi, Juma shahri, “Gulobod”, “Oltiqaxramon” hamda “Go'zalkent” mahallarida erkin iqtisodiy zona hamda kichik va yoshlar sanoat zonalari mavjud bo'lib, bugungi kunda ushbu hududlardan jami 9 gektarga yaqin yer maydoni auktsion savdolari orqali tadbirkorlik sub'ektlariga taklif etilmoqda.
Bundan tashqari, tumanning “Chimboyobod” massivida yangi sanoat hududini barpo etish uchun 234,3 gektar yer maydoni tanlangan bo'lib, hozirda ushbu yer maydonini auktsion savdolariga chiqarish bo'yicha chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Ushbu hududlarning afzalliklari shundan iboratki, sanoat zonasi ishtirokchilariga soliq va bojxona ma'murchiligi bo'yicha qonunchilikda bir qator imtiyoz va preferentsiyalar belgilab berilgan.
Jumladan:
-investorning qiymati 200 milliard so'mdan oshadigan, uning o'z mablag'lari ulushi 25 foizdan kam bo'lmagan, investitsiya dasturlariga kiritilgan loyihalarini zarur tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan ta'minlash Davlat byudjeti mablag'lari hisobidan amalga oshiriladi;
-investitsiya loyihalarini amalga oshirishda qatnashayotgan xorijiy kompaniya vakillari va mutaxassislariga ko'p martalik vizalar rasmiylashtirilishiga imkon berildi;
-xorijiy sarmoyalar 300 ming dollardan 3 million dollargacha bo'lganda 3 yil muddatga, 3 million dollardan ortiq va 10 million dollargacha bo'lganda 5 yil muddatga hamda 10 million dollardan ortiq bo'lganda 7 yil muddatga ayrim turdagi soliqlarni to'lashdan ozod etish tarzidagi soliq imtiyozlari beriladi;
-agar qonun hujjatlari investitsiya qilish shart-sharoitlarini yomonlashtirsa, investitsiya qilish sanasida amalda bo'lgan qonun hujjatlari chet el investorlariga nisbatan investitsiya qilish paytidan e'tiboran o'n yil mobaynida qo'llaniladi, investor o'zining investitsiya qilish shart-sharoitlarini yaxshilaydigan yangi qonun hujjatlari qoidalarini o'z xohishiga ko'ra qo'llash huquqiga ega bo'ladi;
-maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilari tomonidan ishlab chiqarish va mahsulotlarni eksportga realizatsiya qilish uchun foydalanadigan xom ashyo, materiallar va butlovchi qismlar O'zbekiston Respublikasi hududiga olib kirilganda bojxona to'lovlari (bundan bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig'imlar mustasno) to'lanmaydi;
-maxsus iqtisodiy zona ishtirokchilari tovarlarni import qilganda qo'shilgan qiymat solig'ini 120 kungacha muddatga kechiktirib to'lashi mumkin.

Prezidentning 14.05.2019 yildagi PF-5717-son Farmoni bilan Investitsiya dasturini shakllantirish va amalga oshirishning yangi tizimi joriy etiladi.

2020 yildan boshlab Investitsiya dasturi uch yillik davrga shakllantiriladi. 2020-2022 yillarda Investitsiya dasturi loyihasi joriy yilning 15 dekabriga qadar tasdiqlanishi lozim. Hujjat har yili aniqlashtiriladi va asosiy ko'rsatkichlari yangilanadi.

Jarayonda bosh vazirning investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari bo'yicha o'rinbosari, investitsiyalar va tashqi savdo, iqtisodiyot va sanoat, moliya vazirliklari, TIV xorijdagi diplomatik vakolatxonalari bilan birgalikda, shuningdek Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi ishtirok etadi.  Vazirlar Mahkamasi va Prezidentning iqtisodiyot sohalarini rivojlantirish, investitsiya va tashqi savdo siyosatini amalga oshirish masalalari bo'yicha maslahatchisi bo'linmalari ishlarni muvofiqlashtiradi.

LBMA tomonidan ishlab chiqilgan  “Investitsiya loyihalarini amalga oshirishni nazorat va monitoring qilish” avtomatlashtirilgan axborot tizimi ham ishga tushiriladi. U Loyiha boshqaruvi yagona milliy axborot tizimining bir qismi hisoblanib, unga investitsiya loyihalarini amalga oshirishga jalb qilingan barcha ishtirokchilar ulangan. Dasturiy mahsulotni joriy etish va undan foydalanish Reglamenti bir oy muddatda qabul qilinadi.

Davlat apparatida ham ayrim o'zgarishlar ro'y berdi. Iqtisodiyot va sanoat vazirligida qisqartirilayotgan infratuzilmani rivojlantirish strategiyasi va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari masalalari bo'yicha vazir o'rinbosari o'rniga investitsiya dasturlarini shakllantirish va monitoring qilish masalalari bo'yicha vazir o'rinbosari (byudjet tizimlarining byudjet qismida) paydo bo'ladi. Vazirlik huzurida esa Infratuzilmaviy loyihalar tahlili guruhi tashkil etildi. U markazlashtirilgan manbalar hisobidan amalga oshirilgan infratuzilmaviy loyihalarni kompleks tahlil etish, iqtisodiy samarani baholash, ularning ish yuklamasini ko'paytirish va samarasini oshirish chora-tadbirlarini, shuningdek yangi loyihalar bo'yicha aniq takliflarni ishlab chiqish bilan shug'ullanadi.

2019 yil 1 iyuldan davlat organlari va tashkilotlarining, mahalliy ijro hokimiyati organlarining rahbarlari investitsiya loyihalarini sifatli va o'z vaqtida amalga oshirganlik, tasdiqlangan maqsadli ko'rsatkichlarga erishganlik uchun 2 lavozim maoshigacha bo'lgan miqdorda biryo'la mukofotlash tarzida rag'batlantiriladi. Ushbu yo'nalishda qoniqarsiz ish uchun – intizomiy choralar ko'riladi: hayfsan e'lon qilish, lavozim maoshining 50%igacha miqdorida jarima solish yoki mehnat shartnomasini bekor qilish (egallab turgan lavozimidan ozod qilish).

Loyihalarni amalga oshirish guruhlari faoliyat ko'rsatishiga yondashuv o'zgaradi. Xususan, ularning rahbarlari va xodimlari loyiha tashabbuskorlarining taqdimnomasi bo'yicha Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi. LAOG rahbarlari hisobotlari kollegial asosda eshitiladi.

2019 yil 1 iyunga qadar xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari ishtirokida investitsiya loyihalarini amalga oshirish chog'ida jalb etiladigan milliy konsulьtantlar tomonidan ilgari amalga oshirilgan investitsiya loyihalari samaradorligini baholashni inobatga olgan holda ularning ma'lumotlar bazasi shakllantiriladi.

Teglar
Insurance Policy