insurez
16-03-2024 10:52


Pastdarg'om tumani haqida umumiy ma’lumotlar

TARIXI

Pastdarg‘om – Samarqand viloyatidagi qishloq tumani nomi. Toponimning ikkinchi komponenti  Darg‘om – Zarafshon daryosidan chiqadigan qadimiy kanal, ariq. Uzunligi 100 kilometrga yaqin. Zarafshon daryosining “Birinchi May” to‘g‘onidan boshlanib, Ulus cho‘lida tugaydi. Tarixiy manbalar ariqning eramizdan avvalgi V-IV asrlarda qazilganidan xabar beradi.

Klavdiy Ptolomiy tuzgan kartada (II asr) bu ariq nomi Dargomoniy shaklida tilga olinadi. Toponimning birinchi komponenti  Darg “uzun” demak, ikkinchi qismi –om esa –ob ning o‘zgargan shaklidir. Chunki “b” va“m” tovushlarining almashish hodisasi uchrab turadi.

Binobarin, Darg‘om yoki Darg‘ob “uzun yoki katta suv” demakdir (Do‘simov Z., Egamov X. Joy nomlarining qisqacha izohli lug‘ati, T.: O‘qituvchi, 1977, 48-bet).

RAQAMLARDA

PASTDARG‘OM TUMANI

Markazi – Juma shahri.
Tashkil topgan vaqti - 1926-yil 29-sentyabr.
Umumiy maydoni – 0,87 ming km2.
Shahar tipidagi posyolkalar (shaharchalar) soni – 12 ta.
Mahalla fuqarolari yig‘inlari soni – 107 ta, shundan shahar mahallalari soni – 14 ta, qishloq fuqarolari yig‘inlari soni – 13 ta.
Qishloq aholi punktlari - 164 ta.
2024-yil 1-yanvar holatidagi doimiy aholi soni – 383291 kishi (erkaklar – 192877, ayollar – 190414).
Samarqand shahrigacha bo‘lgan masofa – 24 km.
Chegaradosh tumanlar – Ishtixon, Oqdaryo, Samarqand, Nurobod, Kattaqo‘rg‘on.

Tuman hokimi – Raxmanov Sherzod Shuxratovich

Manzil: 140500, Juma shahri, Amir Temur ko‘chasi, 24-uy

Telefon: (0366) 231-98-23 

e-mail: info@pastdargom.uz

http://pastdargom.uz

Asosiy iqtisodiy ko‘rsatkichlar

(2024-yilning yanvar-mart oylarida)

 

 

Jami

Aholi jon boshiga

mlrd. so‘m

2023-yilning
shu davriga nisbatan,

% da

ming so‘m

2023-yilning
shu davriga nisbatan,

% da

Sanoat

273,7

103,1

712,4

100,9

Qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi

485,4

100,4

1 263,7

98,2

Asosiy kapitalga investitsiyalar

661,5

101,2

1 722,1

98,9

Qurilish ishlari

141,7

171,5

369,0

168,3

Chakana tovar aylanmasi

233,8

105,2

608,8

103,0

 

Xizmatlar, jami

549,5

109,5

1 430,6

107,1

 

                   

 

Tashqi savdo aylanmasi
                                                                                                        (mln. AQSh dollari)

 

Tashqi savdo aylanmasi

Eksport

Import

Saldo

 

 

 

 

 

2024-yil  yanvar-mart oylarida  

16,1

3,8

12,3

-8,5

 

Tumanning viloyat bilan solishtirma asosiy iqtisodiy ko‘rsatkichlari
 

 

Hajmi

mlrd. so‘m

2023-yilning
shu davriga nisbatan,
% da

Tumanning viloyatdagi
ulushi,
% da

Sanoat mahsuloti

273,7

103,1

3,4

Qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi

485,4

100,4

8,3

Asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar

661,5

101,2

9,3

Qurilish ishlari

141,7

171,5

7,2

Yuk aylanmasi
 (mln. tn-km)

14,2

111,3

3,7

Yo‘lovchi aylanmasi
 (mln.yo‘lovchi-km)

250,7

107,4

7,3

Chakana tovar aylanmasi

233,8

105,2

3,6

Xizmatlar, jami

549,5

109,5

7,0

Tashqi savdo aylanmasi
 (
mln. AQSh doll)

16,1

117,6

2,2

Eksport

3,8

89,7

2,1

Import

12,3

130,2

2,2

 

Asosiy iqtisodiy ko‘rsatkichlar tahlili

 

 

2024-yil yanvar-mart mlrd. so‘m

O‘zbekiston Respublikasi

Samarqand viloyati

Pastdarg‘om tumani

Sanoat

166 363,3

8 074,0

273,7

o‘sish sur’ati, foizda

106,5

106,3

103,1

Qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi

45 367,9

5 849,4

485,4

o‘sish sur’ati, foizda

103,6

103,4

100,4

Asosiy kapitalga investitsiyalar

107 060,8

7 145,6

661,5

o‘sish sur’ati, foizda

174,5

133,1

101,2

Qurilish ishlari

31 058,8

1 974,1

141,7

o‘sish sur’ati, foizda

106,8

111,6

171,5

Chakana tovar aylanmasi

72 528,2

6 577,5

233,8

o‘sish sur’ati, foizda

109,3

108,0

105,2

Jami xizmatlar

127 872,1

7 857,8

549,5

o‘sish sur’ati, foizda

114,2

114,0

109,5

Eksport, mln.AQSh dollari

6 384,4

179,2

3,8

o‘sish sur’ati, foizda

110,0

133,0

89,7

Import, mln. AQSh dollari

9 438,6

556,7

12,3

o‘sish sur’ati, foizda

103,8

121,3

130,2

 

Asosiy iqtisodiy ko‘rsatkichlarda kichik biznesning ulushi, % da
 

Sanoat

Qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi

Investitsiya

Qurilish ishlari

Chakana tovar aylanmasi

Jami xizmatlar

Eksport

Import

61,2

99,1

39,0

48,3

96,2

70,4

65,8

67,9

 

Noruda tabiiy boyliklar

Sement: 960 ming. tonna,

G'ishtli plitkalar uchun xom ashyo - 1,9 mln.m3.

Qum-shag‘al: 6,1 mln.m.kub xomashyo resurslari mavjud.

 

EKSPORT

2024-yilning 1-yarim yilligida 7,6 mln. dollarlik mahsulotlar eksport qilindi.

Sanoat mahsulotlari eksporti hajmi: 4,6 mln. dollar.

Qishloq xo‘jalik mahsulotlari hajmi: 3,0  mln. dollar.

Eksport geografiyasi: eksport bilan shug‘ullanuvchi korxonalar soni 17 tani tashkil etadi, 10 dan ortiq davlatlarga eksport qilinmoqda. Eksport geografiyasi 2024-yilda 2 ta davlatga kengaydi. (AQSh, Vetnam).

 

XORIJIY INVESTORLARGA YARATILGAN QULAYLIKLAR 

  1. Valyuta bozori liberallashtirildi. Bu esa har bir investor o‘z daromadini hoxlagan chet el valyutasida konvertatsiya qilib, olib ketish imkonini beradi.
  2. Soliq to‘lovlaridan berilgan imtiyozlar:

Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i;

Mol-mulk solig‘i;

Obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘i;

Yagona soliq to‘lovi;

Respublika yo‘l jamg‘armasiga majburiy ajratmalar to‘lashdan ozod etilgan.

Ushbu soliq imtiyozlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarning hajmi quyidagilarga teng bo‘lganda taqdim etiladi:

300 ming dollardan 3 million dollargacha va 3 million dollar bo‘lganda - 3 yil muddatga;

3 milliondan ortiq dollardan 10 million dollargacha va 10 million dollar bo‘lganda - 5 yil muddatga;

10 million dollardan ortiq bo‘lganda - 7 yil muddatga.

  1. Viloyatda “Urgut Erkin iqtisodiy zonasi” tashkil etilgan bo‘lib, 816 gektar yer maydoni ajratilgan.

Ushbu Erkin iqtisodiy zonasi ishtirokchilari qo‘yidagilardan:

yer solig‘i, daromad solig‘i, yuridik shaxslar mulk solig‘i, obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘i, mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun yagona soliq to‘lovi, shuningdek, Respublika yo‘l jamg‘armasi va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasiga majburiy ajratmalaridan;

mamlakatimizda ishlab chiqarilmaydigan va loyihalarni amalga oshirish doirasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxatlar bo‘yicha chetdan keltiriladigan qurilish materiallarini bojxona to‘lovlaridan (bojxonada rasmiylashtirish yig‘imlari bundan mustasno);

o‘zining ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun chetdan keltiriladigan asbob-uskunalar, xomashyo, materiallar va butlovchi buyumlarni bojxona to‘lovlaridan ozod etilgan (bojxonada rasmiylashtirish yig‘imlari bundan mustasno).

Ushbu imtiyozlar kiritilgan investitsiyalar hajmiga qarab 3 yildan 10 yil muddatgacha, jumladan:

300 ming dollardan 3 million dollargacha hajmdagi investitsiyalar - 3 yil muddatga;

3 million dollardan 5 million dollargacha hajmdagi investitsiyalar - 5 yil muddatga;

5 million dollardan 10 million dollargacha hajmdagi investitsiyalar - 7 yil muddatga;

10 million va undan ko‘p AQSh dollari hajmidagi investitsiyalar so‘nggi 5 yilda amaldagi stavkalardan 50 foiz kam hajmdagi daromad solig‘i va yagona soliq to‘lovi stavkalari qo‘llangan holda 10 yil muddatga beriladi.

  1. Tumanda 1 ta kichik sanoat zonalari tashkil etilmoqda.

 

XORIJIY INVESTITSIYALARNI JALB ETISH

Tumanda  MChJ "O`ZBIOKOMBINAT" QK (Buyuk Britaniya-Rossiya), MChJ "ESMAK AUTOMOTIVE" XK (Turkiya), MChJ "AYISHA AR" QK (Eron), MChJ "RAINBOW AGRISCIENCE" QK (Xitoy) va MChJ "SAMARQANDKIMYO" XK (Kipr) kabi xorijiy va qo‘shma korxonalari faoliyat ko‘rsatmoqda.

Pastdarg’om tumanida 2024 yilning birinchi yarim yilligida   qiymati 12,0 mln. dollarlik to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va xorijiy kreditlar jalb qilindi.

Ushbu xorijiy investitsiya va kreditlarning jalb qilinishi  Eron, Litva, Xitoy, Yaponiya va boshqa davlatlar hissasiga to‘g‘ri keladi.

Teglar
Insurance Policy