insurez
16-03-2024 10:48


Pastdarg'om tumani hokimi Sh.Raxmanovning 1- sektor hududida
 2024-yilning yanvar-iyun oylarida hududlarda ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturiga kiritilgan loyihalarning bajarilishi yuzasidan II-chorak yakunlari bo'yicha 
HISOBOT

Assalom alaykum!

Hurmatli deputatlar va sessiya ishtirokchilari!

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 25 dekabrdagi PQ-404-sonli qaroriga asosan joriy yilda tumanimiz bo'yicha jami 73.3 mlrd.so'm mablag'lar evaziga 18 ta ob'ektlarda, shundan 13 ta maktablar, 1 ta maktabgacha ta'lim tashkilotlari, 3 ta irrigatsiya, 1 ta yo'l o'tkazgich ob'ektlarda (Kuprik) qurilish-ta'mirlash ishlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Shundan 1-sektor hududida 6 ta ob'ekt 11 mlrd 800 mln.so'mlik ishlar investitsiya Dasturi asosida amalga oshiriladi :
       Investitsiya Dasturi doirasida amalga oshiriladigan ob'ektlarga bir to'xtalib Sizlarning ijozatlaringiz bilan  qisqacha axborot berib o'tsam  “Oltiqaxramon” MFYdan o'tuvchi "Anxor" kanalini bir qismini qismini rekonstruktsiya qilish ishlari uchun   1.4 mlrd. so'm ajratilgan bo'lib, ushbu ob'ektda bugungi kunda . Ishlar 100% amalga oshirilib foydalanishga topshirilgan.
    ijtimoiy obьektlardan 1-sektor hududida 5 ta rekonstruktsiya jumladan, 
     Tumandagi  "Yangiqishloq" MFYdagi 97-son maktabni rekonstruktsiya qilish hamda 120 o'rinli qo'shimcha sinf xonalari belgilangan. Bugungi kunda ishlar qurilish ishlari 20%ga amalga oshirilgan bo'lib, joriy yilning sentyabr oyida mazkur ob'ekt ishga tushiriladi. . Ob'ektning jami qiymati 1 178,8 mln.(1 mlrd.178 mln) So'mni tashkil etadi. Shuningdek "Paxtakor" MFYdagi 104-son maktabni rekonstruktsiya qilish hamda 210 o'rinli qo'shimcha bino qurish uchun 1 864,2 (1 mlrd.864 mln.) so'm bo'lib, shundan va Bugungi kunda ob'ektda transheya qazish ishlari, poydevorga beton quyish ishlari tugatilib, g'isht terish ishlari olib borilmoqda. Ishlar 30% ga bajarilgan.
Bundan tashqari  "Bahor" MFYdagi 114-son maktabni rekonstruktsiya qilish va120 o'rin qo'shimcha bino qurish uchun 1 139,0 mln.(1 mlrd 139 mln) so'm ajratilishi belgilangan bo'lib, bugungi kunda qurilish ishlari  27% ga bajarilgan. "Zormon" MFYdagi 320 o'rinli 85-son maktabni mukammal ta'mirlash uchun Dastur asosida  3 026,6 mln.(3 mlrd.26 mln) so'm ajratilishi ko'zda tutilgan . Bugungi kunda ob'ektda demontaj ishlari va ta'mirlash ishlari olib borilmoqda. (loyihada ko'rsatilgan deraza o'rinlari g'isht bilan to'ldirilmoqda, santexnika quvurlari mantaj qilinmoqda va tom ishlari   bajarilmoqda).  Ishlar 25% ga bajarilgan.
Shuningdek  "Qorasuv" MFY hududida joylashgan 120 o'rinli 53-son Davlatgacha ta'lim muassasasini rekonstruktsiya qilish belgilangan bo'lib, bugungi kunda qurilish ishlari 25% ga amalga oshirilgan. Ob'ektning jami qiymati 3 663,1 mln. (3 mlrd.663 mln) so'm ajratilishi belgilangan.
Hurmatli Sessiya ishtirokchilari! 2019 yil va 2020 yillarda Obod qishloq Dasturi asosida Beklar va Go'zalkent mahallasida 46 va 56 Bolalar bog'chasi mablag' yetmaganligi sababli qurilish ishlari yakuniga yetkazilmay qolgan edi. Shu yil boshida homiylar tashabbusi orqali qurilish ishlari yakuniga yetkazilib ushbu ikkala bog'cha ham ishga tushirildi.
Yo'l infratuzilmasini yaxshilash bo'yicha 2024-yil 6 oyida quyidagi ishlar amalga oshirilgan:

“Obod xonadon”, “obod qishloq”, “obod mahalla” mezonlari asosida Oltiqaxramon mahallasida 1200 m, Go'zalkent mahallasida 1200 m yulga asfalьt yotqizildi. Shuningdek, joriy yilning fevral oyida Oltiqaxramon MFYda 1-sektor binosi oldiga rejadan tashkari 220 m yulga asfalьt yotqizildi.
Bundan tashqari Tashabbusli byudjet orqali yil boshida tuman bo'yicha 22 mlrd so'mlik 16 ta loyiha yutib olindi. Shundan Paxtakor mahallasidagi 78 maktab sport zali va qolgan 15 tasi tumanimizdagi bog'lovchi yo'llarni asfalьtlash ishlaridir.
Shuningdek 1-sektor mahallalarida birinchi yarim yillikda 370 donadan ortiq  temir-beton usun, 14.95 km 0.4-6-10 kV kuchlanishli elektr uzatish tarmog'i va 4 dona transformator punktlarini o'rnatilib ishga tushirildi 
Hurmatli Sessiya ishtirokchilari, deputatlar!
Tumanimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish doirasida tasdiqlangan hududiy investitsiya dasturiga asosan 2024 yilning 
1-yarim yilligida qiymati 89,0 mln. dollarlik 96 ta investitsiya loyihalari amalga oshirilishi rejalashtirilgan bo'lib, ushbu loyihalar ishga tushirilishi natijasida 1 569 ta yangi ish o'rinlari yaratilishi belgilangan.
Jumladan, 1-sektor hududida qiymati 5,5 mln. dollarlik 11 ta yangi investitsiya loyihalarini amalga oshirish va 300 ga yaqin yangi ish o'rinlarini yaratish rejalashtirilgan.
Ushbu loyihalarni sohalar kesimida qaraydigan bo'lsak:
-sanoat sohasida 26 ta loyihada 46,6 mln. dollar investitsiyalar kiritilib, 1 009 ta yangi ish o'rinlari yaratiladi;
-xizmat ko'rsatish sohasida 59 ta loyiha doirasida 18,0 mln. dollar investitsiyalar jalb qilinib, 362 nafar ish o'rinlari tashkil qilinadi;
-qishloq xo'jaligi sohasida esa qiymati 24,4 mln. dollarlik 11 ta loyiha amalga oshirilib, 198 ta yangi ish o'rinlari tashkil qilinadi.
Masalan, tumanning “Elbek” mahallasida joylashgan “Pastdargom Broyler Klaster” MChJ tomonidan qiymati 123 mlrd. so'mlik “Parrandachilik klasteri” tashkil etiladi hamda kamida 50 nafar yangi ish o'rinlari yaratiladi.
2024 yil yanvar-iyulь oylarida qiymati 2,1 mln. dollarlik 
27 ta loyiha ishga tushirilishi hamda 107 ta yangi ish o'rinlari yaratilishi belgilangan bo'lib, haqiqatda, qiymati 7,4 mln. dollarlik 40 ta loyiha ishga tushirildi va 226 ta yangi ish o'rinlari yaratildi.
Jumladan, 1-sektor hududida qiymati 490 ming dollarlik 4 ta loyiha ishga tushirilishi hamda 20 ta yangi ish o'rinlari yaratilishi belgilangan bo'lib, qiymati 761 ming dollarlik 7 ta loyiha ishga tushirildi va 43 ta yangi ish o'rinlari tashkil qilindi.
Masalan, , “K-Eldor” fermer xo'jaligi tomonidan omuxta-em ishlab chiqarish 3,0 mln dollar loyihasi amalga oshirilishi natijasida 50 nafar yangi ish o'rni yaratiladi.    Bundan tashqari  “Kamolot” mahallasida joylashgan “Ayisha AR” MChJ QK negizida jami umumiy qiymati 66,3 mlrd. so'mlik “Parrandachilik va baliqchilik xo'jaligini tashkil etish” loyihasi ishga tushirilib, 
30 dan ortiq yangi ish o'rinlari tashkil etildi.
Shuning bilan birgalikda 2024 yilning 1-yarim yilligida davlat investitsiya dasturi doirasida 12,0 mln. dollar to'g'ridan-to'g'i xorijiy investitsiya mablag'lari va kafolatlanmagan xorijiy kreditlarni o'zlashtirish belgilangan bo'lib, haqiqatda 12,06 mln. dollarlik xorijiy investitsiya mablag'lari o'zlashtirilib, reja ko'rsatkichlari 101,0 foizga bajarilishi ta'minlandi.
Hududiy investitsion Dasturlarni ishga tushirish hamda qo'shimcha ichki imkoniyatlar natijasida menga biriktirilgan 26 ta mahallalarda  jori yilning birinchi yarim yilligida      351 nafar aholi bandligi ta'minlandi.
Hurmatli Sessiya ishtirokchilari, deputatlar!
  Biz sektor rahbarlari kelgusidagi faoliyatimiz davomida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Qaror va Farmonlari ijrosini ta'minlash hamda sektorlar faoliyatini sifatli tashkil etish maqsadida yuqorida qayd etilgan tadbirlar muntazam ravishda davom ettiriladi. Natijasi haqida belgilangan muddatlarda Xalq deputatlari tuman Kengashi sessiyalarida  hisobot berib borilishi ta'minlanadi.  
E'tiborlaringiz uchun rahmat!

Tuman hokimi, 1-sektor rahbari:            Sh.Raxmanov

Teglar
Insurance Policy