“PASTDARG‘OM” SO‘ZI CHIROQLARDA AKS ETGAN
Aytaylik, anchadan buyon olis yurtda ish bilan yuribsiz. Vatan sog‘inchi, ayniqsa, tug‘ilgan makoningizni qo‘msab yashadingiz. Va nihoyat uyingizga qaytmoqdasiz ham.
Samarqand shahri bilan chegaradosh hududimizgacha yetib kelgach, “Xush kelibsiz Pastdarg‘om tumaniga”, deb yozilgan “Stella”ga ko‘zingiz tushdi. Boz ustiga u zamonaviy tarzda taʼmirlangan, “Pastdarg‘om” so‘zi chiroqlar yog‘dusida aks etib turibdi.
Nima demoqchiligimizni tushundingiz chog‘i, shu tobda ko‘nglingiz “Pastdarg‘om” so‘zi kabi yorishib ketishi tayin.
Bugun nafaqat ushbu chegara, balki boshqa tumanlar bilan tutash hududlarga ham zamonaviy “Stella” lar o‘rnatish reja qilingan.
Zero, Pastdarg‘omga qadam ranjida qilgan har bir insonning qalbida iliqlik uyg‘otuvchi bu yozuvlar tumanning obodligidan dalolatdir.