TOZALIK BOR JOYDA – BARAKA BO‘LADI
Hududni obodonlashtirish, ko‘chalar va guzarlarni ozoda saqlash yo‘lida xizmat qilayotgan hamyurtlarimizdan minnatdor bo‘lishimiz kerak. Hali biz shirin uyqudan uyg‘onmay turib, ular ishga otlanishi, sizu biz eʼtiborsizlik qilib tashlagan chiqindilarni terib, atrofni supurib-sidirishini ko‘z oldingizga keltirib ko‘ring!
Ammo, o‘z xizmat vazifasiga sidqidildan yondashmayotgan masʼullar ham yo‘q emas.
Ayni paytda, tuman hokimi tegishli o‘rinbosari, mahallalar uyushmasi tuman rahbari va "Toza hudud" korxonasi masʼullari ishtirokida tahliliy muhokama o‘tkazmoqda. Muhokamada, tegishli sektor vakillari, ayrim mahalla raislari va bir qator soha mutasaddilari ham ishtirok etyapti.
Uchrashuvda, o‘z xizmat vazifasiga masʼuliyat bilan yondashmayotgan va sustkashlikka yo‘l qo‘yayotgan xodimlar faoliyati tanqid ostiga olindi.
Shuningdek, chiqindilarni o‘z vaqtida bartaraf qilish va bunda asosiy eʼtiborni to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirish bo‘yicha targ‘ibot ishlarini kuchaytirishga qaratish lozimligi taʼkidlanmoqda.
Hurmatli fuqarolar, hududingiz va ko'changizni toza va ozoda, chiqindilardan holi bo‘lishini istasangiz chiqindi to‘lovlarini o‘z vaqtida to‘lashni unutmang!