Munosabat
Wed, 13/04/2022 - 18:22Ijtimoiy tarmoqlarda "Samarqand Juma yo'li ta'mirtalab bo'lib qolgan" sarlavhasi ostida videotasvirlar tarqaldi, ushbu holat Samarqand shahri va Juma shahrini bog'lovchi yo'lda viloyat yo'l ta'mirlash korxonasi tomonidan yo'l ta'mirlash ishlari olib borilayotgan vaqtda tasvirga olingan. Hozirgi kunda ushbu yo'l to'liq ta'mirlanib bo'lingan va muammo o'z yechimini topgan.