Kirish imtihonlarida savollar soni qisqartirildi

⚡️Pandemiya sharoitida abituriyentlarga qulaylik yaratish maqsadida test topshiriqlari soni maqbullashtirilib, kirish test sinovlariga jami 3 soat vaqt ajratiladigan bo‘ldi.

Bunda:

➡️ birinchi bo‘limdagi majburiy uchta fan – ona tili (o‘zbek, rus, qoraqalpoq va boshqa tillar), matematika va O‘zbekiston tarixi fanlarining har biriga 10 tadan jami 30 ta test topshiriqlari va umumiy 60 daqiqa belgilanadi;

▶️ ikkinchi bo‘limdagi abituriyent tanlagan bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga mos ikkita fanning har biriga 20 tadan jami 40 ta test topshiriklari va umumiy 120 daqiqa belgilanadi;

▶️ majburiy uchta fanga jami 63 ball, abityriyent tanlagan bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga mos ikkita fanga jami 126 ball, umumiy – 189 ball belgilanadi.

▶️ Ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining 2021 yil 26 iyuldagi 2-sonli qarori

2015-2024 © Пастдарғом туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM