Pastdarg’om tumanida paxta yig’im-terimi mavsumiga tayyorgarlik qanday?

Pastdarg’om tumanidagi 273 ta fermer xo’jaliklari va “Samarqand Kamalak invest tektsil” MChJ to’qimachilik klasteri tomonidan 16 ming 946 gektar yer maydonida paxta xom ashyosi yetishtirish yuzasidan astoydil mehnat qilinmoqda.

“O’zagroinspeksiya”ning tuman bo’limi tomonidan g’o’za parvarishida agrotexnik tadbirlarning o’z vaqtida va sifatli o’tkazilishi yuzasidan doimiy ravishda monitoring-tahlil tadbirlari o’tkazilmoqda. Shu bois dalalarda mo’l hosil yetishtirildi.

-Galdagi asosiy vazifa, yetishtirilgan hosilni nes-nobud qilmasdan, o’z vaqtida yig’ishtirib olishdan iborat. Shu maksadda mavsumda qatnashuvchi 280 ta transport texnikalari, 426 dona tirkamalar tumanning 17 ta hududida joylashgan maskanlarga yig’ilib, ta’mirlandi. Amalga oshirilgan ta’mirlash, serviz xizmati ko’rsatish ishlari sohaviy inspektorlar tomonidan nazoratga olindi. Bugungi kunda barcha transport traktorlari va tirkamalar mavsumga shay holatga keltirildi, - deydi “O’zagroinspeksiya”ning Pastdarg’om tumani bo’limi boshlig’i Obod Shodmonov.

 Shuningdek, mavsumni uyushqoqlik bilan o’tkazish yuzasidan “Samarqand Kamalak invest tektsil” MChJ to’qimachilik klasteriga qarashli 6 ta paxta qabul qilish maskanlarida tegishli tadbirlar amalga oshirildi.

 “O’zagroinspeksiya”ning Samarqand viloyat boshqarmasi

axborot xizmati 

2015-2024 © Пастдарғом туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM