Pastdarg‘omda yana baxtli oilalar bittaga ko‘paydi

 Fuqarolik ishlari  Pastdarg‘om tuman sudining 2021 yil 21 sentabrdagi qarori asosan qarzdor E.J.dan undiruvchi G.Y.ning foydasiga bir nafar farzandining ta’minoti uchun to‘rtdan bir qism miqdorda aliment undirish belgilangan va sud qaroriga asosan ijro hujjati Byuroning Pastdarg‘om tuman bo‘limi tomonidan ijro ishi yuritilgan. 
   Mazkur ijro hujjatiga asosan qarzdorning mol-mulklarini aniqlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunning 21, 87-moddalariga asosan tegishli tashlilotlarga so‘rovnomalar yuborilgan va olingan ma’lumotlarga asosan barcha mol-mulklariga taqiq qo‘yilgan. 
Qarzdor E.J. bilan o‘tkazilgan profilaktik suhbatlar natijasida qarzdor turmush o‘rtog‘i bilan yarashib, oilasini tiklash va farzandini o‘zi tarbiya qilish istagi borligini bildirdi.
        Olib borilgan ijro tadbirlari davomida ushbu oila yarashtirilib, ijro hujjati Qonunning 40-moddasi 1-qismiga asosan tamomlandi.
Feruz KAMAROV,
Majburiy ijro byurosi Pastdargom tuman bo‘limi davlat ijrochisi

2015-2024 © Пастдарғом туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM