Agroinspeksiyaning Pastdarg'om tuman bo'limi tomonidan "Kamalak Invest tekstil" korxonasi qoshidagi Meli Qo'chqorov urug`lik chigitni dorilash sexida yig`ilish bo`lib o`tdi.
Unda sex rahbarlari va ishchi xodimlar hamda dorilashga biriktirilgan vakillar qatnashishdi. Yig'ilishda 2022-yil hosili uchun ekiladigan urug`lik chigitni tozalash, saralash, va dorilash ishlarini amalga oshirishda standart talablariga rioya qilinishi bu jarayonda standartlar talablariga javob beradigan qop va qadoqlardan faydalanilishi tushuntirib o`tildi.
Hamda dorilangan urug`lik chigitni ortish, tushirish paytida chidamli bo'lishi uchun qoplar og'zini mexanik ravishda tikishni amalga oshirilishi chigit urug`larini saqlayotgan ombor va ayvonlarini dezinfeksiya qilinilishi beligilangan davlat standarti talabida ko`rsatilganidan oshmaydigan xolda joylashtirilishi va saqlanishi tushuntirib o'tildi.
Agroinspeksiyaning Pastdarg'om tuman bo'limi.