Tumanning investitsion salohiyatini rivojlantirishga doir seminar trening o‘tkazildi.

Pastdarg'om tuman hokimligida O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o'rinbosari - Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzoqov topshirig'iga asosan  vazirlikning maxsus ishchi guruhi  tomonidan “Loyiha guruhi” faoliyatini samarali tashkil etish yuzasidan seminar trening o'tkazildi.

O'tkazilgan ushbu seminar treningda muttasaddi tashkilot rahbarlari va mutaxassislari tomonidan tumanning investitsion imkoniyatlari va o'sish nuqta (drayver)lari hamda kelajakda amalga oshirilishi lozim bo'lgan istiqbolli loyihalar  ustida qizg'in davra suhbati uyushtirildi. Ishtirokchilarning taklif mulohazalari tinglandi.

Tashkil etilgan ushbu trening respublikaning barcha shahar va tumanlarida  o'tkazilmoqda.

 

2015-2024 © Пастдарғом туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM