Chorshanba favqulodda vaziyatlarni oldini olish va yong'inlar profilaktikasi kuni

Chorshanba favqulodda vaziyatlarni oldini olish va yong'inlar profilaktikasi kunini yuqori saviyaga o'tkazish maqsadida Pastdarg‘om tumani favqulodda vaziyatlar bo‘limida elektr, gaz ta'minonti bo‘limi, tez tibbiy yordam xizmati hodimlariga  yo‘riqnoma o‘tkazildi va hodimlar yong‘inlar nisbatan ko‘p sodir bo‘lgan Joul Qosim, To‘qboy, Boltali mahallarida profilaktik ishlarni boshladi.

Yo‘riqnomada
Yong‘inning kelib chiqish asosiy sabablari va xatarli omillari haqida yig‘ilganlardga ma'ruza qilinib tarqatma materiallar tarqatildi.

Aziz yurtdoshlar e'tiborsiz bo‘lmang, yong‘inlarning asosiy sabablari!
a. isitish pechlarini qurish yoki ishlatish qoidalarining buzilishi;
b. ishlab chiqarishda yoki uyda olovni ehtiyotsizlik bilan ishlatish;
c. kerosinda ishlaydigan yoritish yoki qizdirish asboblarini noto‘g‘ri o‘rnatish yoki ulardan foydalanish qoidalarini buzish;
v. yashin yoki statik elektr razryadlar, mashinalar va ishlab-chiqarish jihozlarining nosozligi hamda ularni ishlatish qoidalariga rioya qilmaslik (ichki yonuv dvigatelaridan chiqadigan uchqunlar, elektr qurilmalaridagi qisqa tutashuvlar yoki ularning yerga ulanib qolishi, elektr simlarida zo‘riqishning yo‘l qo‘yilmaydigan darajada ortib isitishi, kontaktlari yomon bolgan joylarning qizib ketishi va ulardan uchqun chiqishi, bug‘ qozonlarining portlashi;
d. qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining yoki yonilg‘ining saqlash qoidalariga rioya qilmaslik natijasida o‘z-o‘zidan yonib ketishi sabab bo‘ladi.

2015-2024 © Пастдарғом туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM