Pastdarg'om tumanida yashil makonni kengaytirish borasida aniq vazifalar belgilab olindi

 Bugun Pastdarg'om tumani hokimligi majlislar zalida  tuman hokimi Shunqor Xudayberdiyev rahbarligida tumanda “Yashil makon” umummilliy loyihasini tizimli va sifatli amalga oshirishga bag'ishlangan yig'ilish bo'lib o'tdi.

Unda sektor rahbarlari, tumandagi barcha korxona, tashkilot, ta'lim va tibbiyot muassasalari rahbarlari, mahalla oqsoqollari, ishtirok etdi.

Yig'ilish avvalida o'tkan yilgi “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida tumanda daraxt ko'chatlarini ekishda sustkashlikka yo'l qo'yilganligi, buni davlatimiz rahbari raisligida joriy yilning 2 fevral kuni “Chiqindilar bilan ishlash tizimini takomillashtirish va hududlardagi ekologik xolatni yaxshilash, “Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirish bo'yicha 2022 yildagi ustuvor vazifalar”ga bag'ishlangan videoselektor yig'ilishida tanqid qilib o'tkanligini ta'kidladi. Ushbu tanqiddan to'g'ri hulosa qilib, “Yashil makon” ummummilliy loyihasining ikkinchi bosqichida ishni sifatli va namunali tashkil etish lozimligini bildirdi.

Yig'ilish davomida Prezidentimizning tegishli yig'ilishlarida bergan topshiriqlari, hududlarda yashil maydonlarni kengaytirish borasida qabul qilgan qaror va farmonida berilgan vazifalar ijrosini ta'minlanishi zarurligi ta'kidlandi va bu borada aniq vazifalar belgilab olindi.

 

2015-2024 © Пастдарғом туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM