Pastdargʼom tumani 3-sektori hududida aholi xonadonlarini obodonlashtirish, xonadonlarda “yashil makon” yaratish boʼyicha amaliy seminar oʼtkazildi

Аyni kunlarda, Pastdargʼom tumani IIB boshligʼi, 3-sektor rahbari boshchiligida hokim yordamchisi va boshqa masʼullar tumanning eng olis hududlaridan hisoblangan “Yangiavlod” mahallasida uyma-uy yurib, aholi muammolarini oʼrganmoqda.
Xususan, “ushbu mahalladagi obodonlashtirish va koʼkalamzorlashtirish ishlari olib borilmagan bitta xonadon tanlab olinib, bir qator obodonlashtirish ishlari olib borildi.

Jumladan, mazkur xonadon tomorqalari agʼdarildi, 10 dan ziyod mevali va manzarlali koʼchatlar ekildi, uy devorlari oqlandi, hojatxonalari taʼmirlandi, yoʼlaklariga tosh toʼkildi va atrofi oqlandi.

Bundan tashqari, ushbu xonadonda issiqxona qurilib, foydalanish uchun kerakli koʼrsatmalar berib oʼtildi.

Shundan soʼng, mahallada seminar uchrashuvi oʼtkazilib, ushbu xonadonda olib borilgan ishlar mahallaning barcha fuqarolariga koʼrsatib berildi. Har bir fuqaro oʼzining yashash xonadonida shu kabi obodonlashtirish va koʼkalamzorlashtirish ishlarini olib borishi yuzasidan tushunchalar berildi.

2015-2024 © Пастдарғом туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM