KORRUPSIYA ILLATI — MUHOKAMA QILINDI

«Samarqand hududiy elektr tarmoqlari korxonasi» aksiyadorlik jamiyati tomonidan prokuratura, DXX va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamenti, Ichki ishlar hamda Adliya bo‘limlari bilan hamkorlikda joylarda korrupsiyaga qarshi kurashish mavzusida yig‘ilishlar, davra suhbatlari o‘tkazib kelinmoqda.

Xususan, Samarqand shahar hamda Pastdarg‘om, Samarqand tuman elektr ta’minoti korxonalari xodimlari ishtirokida o‘tkazilgan tadbirda jamiyatning Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazorat bo‘limi hamda huquq tartibot organlari mas’ul xodimlari korrupsiyani oldini olish, ularning kelib chiqish sabablari, bu illatga qarshi olib borilayotgan ishlar yuzasidan fikr-mulohazalarini bildirishdi.

 

2015-2024 © Пастдарғом туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM