Qonun talablari bajarilmoqda

 O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi qonuni, Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-fevraldagi “Tashqi reklama bozorini tartibga solish to‘g‘risida”gi 104-sonli qarori bo‘yicha tuman hokimligi Ishchi guruhi tomonidan Samarqand-Juma Kattaqo‘rg‘on shahar yo‘nalishi 4R-46-magistral yo‘lining Pastdarg‘omi tumani Qatorterak mahallasidan o‘tuvchi qismida o‘rnatilgan tashqi reklamalarning qonun talablariga mosligini ta’minlash bo‘yicha o‘rganish ishlari davom etmoqda.

 Olib borilgan amaliy ishlar natijasida yuqoridagi Normativ-huquqiy hujjatlar talablariga to‘g‘ri kelmagan, tadbirkorlar tomonidan o‘zboshimchalik bilan belgilanmagan joylarga, reklama qilish uchun tegishli idoralardan ruxsat olmasdan o‘rnatilgan  reklamalar olib tashlandi.

Shuningdek, Tashqi reklamaning qonun hujjatlariga muvofiqligini ta’minlash bo‘yicha tushunchalar berilmoqda.

Ishnayeva Muhabbat
Pastdarg‘om tumani hokimining maslahatchisi

2015-2024 © Пастдарғом туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM