Tuman hokimligi xodimlari ishtirokida navbatdagi siyosiy, ma'naviy-marifiy o‘quv soati bo‘lib o‘tdi.

O‘quv soatida hokim o‘rinbosarlari, hokim maslahatchilari, bo‘lim boshliqlari, bosh va yetakchi mutaxassislar ishtirok etishdi. O‘quv soatida tugallanayotgan hafta davomida yurtimiz va jahonda yuz berayotgan muhim vaoqea-hodisalar, shuningdek, qonunchilikdagi yangiliklar to‘g‘risida ma’lumot berildi. Shundan so‘ng tuman hokimining Yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi Sh. Buranovning "Yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish sohasida hamda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarni qo'llab-quvvatlash borasida olib borilayotgan ishlar va mazkur soha bo'yicha qabul qilingan farmon va qarorlarning mazmun-mohiyati" mavzusidagi ma'ruzasi tinglandi.

Shundan so‘ng tuman hokimining ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlarga rioya etilishini ta'minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi M.Ishnayeva 1 - Mart Zulfiya tavalludi munosabatiga o'z ma'ruzasi bilan chiqish qildi.

O‘quv soati davomida ishtirokchilar yuqoridagi mavzular yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

2015-2024 © Пастдарғом туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM