Qizlar tarbiyasida oilaning o‘rni

“Qizlar tarbiyasida oilaning o‘rni” mavzusida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi

Pasydarg'om tuman Oltiqahramon mahallasida “Obod xonadon, obod ko‘cha, obod mahalla” mezonlari doirasida bir qator ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil qilinmoqda.

Jumladan, bugun mahalladagi 111-umumtaʼlim maktabida  tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi tamonidan mahalla xotin-qizlar faoli M.Sadinova  hamda oqila ayollar,  nuroniy onaxonlar bilan birgalikda “Qizlar tarbiyasida oilaning o‘rni” mavzusida tadbir tashkil etildi.

Tadbir davomida  nuroniy onaxonlar   oʻquvchilarga  oilada, maktabda qizlar tarbiyasi haqida tarbiyaviy ahamiyatga ega maslahatlar berishdi.

2015-2024 © Пастдарғом туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM