Jamol yilning eng namunali mahalla yoshlar yetakchisi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022–2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan har yili mahalladagi yoshlar yetakchilari o‘rtasida 10 ta yo‘nalish bo‘yicha 3 bosqichli  “Yilning eng namunali mahalla yoshlar yetakchisi” tanlovi o‘tkazilishi belgilandi. 

Pastdarg‘om tumani Beshnayman mahallasi yoshlar yetakchisi Jamol Xudoyberdiyev tanlovning “Tashqi mehnat migratsiyasidan qaytgan yoshlar bilan samarali ishlagan eng namunali mahalla yetakchisi" yo‘nalishining tuman hamda viloyat bosqichlarida g‘oliblikni kiritib, respublika bosqichiga yo‘l olgandi.
Jamol Xudoyberdiyev tanlovning respublika bosqichida faxrli 2-o‘rinni egallab, tashkilotchilarning diplom, statuyetka, estalik sovg‘alari hamda 20 million  so‘m pul mukofoti bilan taqdirlandi.

2015-2024 © Пастдарғом туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM