Xitoylik investor Pastdarg‘omda

Kam yerdan ko‘p hosil olish har bir dehqonning orzusi. Buning uchun ekilayotgan ekin urug‘i yaxshi bo‘lishi kerak. Gapni bunday boshlaganimiz boisi shundaki, xitoylik investor Diao Muyanni  tumanimizning qulay iqlimi o'ziga jalb etdi. 

Investor Pastdarg‘om tumani dalalarida Xitoyda yetishtirilgan yuqori hosildorlikka ega chigit urug‘idan paxta hosilini yaratish taklifi bilan tumanimizga tashrif buyurdi.

Ushbu loyiha istiqboli yuzasidan tuman hokimi Vahobjon Murodqobilov huzurida muzokaralar o‘tkazildi. Investorning ta’kidlashicha paxtaning ushbu navi gektaridan 90 sentnergacha hosil berishi bilan ajralib turadi.

Shuningdek, uchrashuv davomida xitoylik tadbirkor tomonidan tumanning o‘zida korxona tashkil qilinib, ushbu chigit navini yaratish bo‘yicha ham taklif bildirildi. Bu bo'yicha ham kelishuvlarga erishildi.

2015-2024 © Пастдарғом туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM