Soliq qarzdorligini undirish

Soliq to‘lovchi yuridik va jismoniy shaxslarning mas’uliyatini oshirish, soliq bazasini kengaytirish, o‘tgan yillardan qolgan soliq qarzdorligini undirish borasidagi ishlarni samarali tashkil etish maqsadida, Samarqand viloyat prokurorining tashabbusi bilan Pastdarg‘om tumanida keng qamrovli monitoring ishlari olib borilmoqda.

Shu maqsadda, bugun viloyat prokurori o‘rinbosari D.Sayidqulov, tuman hokimi V.Murodqobilov va tuman sektor rahbarlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazilib, bajarilishi lozim bo‘lgan ishlar bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilab olindi va tuzilgan ishchi guruh a’zolariga zarur topshiriqlar berildi.

2015-2024 © Пастдарғом туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM