Aziz pastdarg‘omliklar!

Mamlakatimiz osoyishtaligi yo‘lida xizmat olib borayotgan azmu shijoatda tengsiz Vatan himoyachilari!

Sizlarni mamlakatimiz tarixida unutilmas va qutlug‘ sana - Vatan himoyachilari kuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil topganligining 32 yilligi munosabati bilan chin qalbimdan samimiy tabriklayman. 

Bugun nafaqat harbiy xizmatchilar, balki, o‘z yigitlik burchini o‘tab qaytgan hamyurtlarimiz, zaxiradagi sobiq harbiy xizmatchilar, shuningdek ertangi bo‘lajak askarlar va ularning oila a’zolari, xullas,  vatanimiz himoyasi yo‘lida bel bog‘lagan barcha-barcha  uchun shonli bayramdir.

Yurtimiz tinchligi, xalqimiz osoyishtaligi yo‘lida sadoqat bilan xizmat qilayotgan, ko‘ksi qalqon, qalbi ummon harbiy xizmatchilarimizga esa alohida minnatdorchiligimni bildiraman.

Sizlarga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt-saodat, tinchlik va farovonlik tilayman.
Kuch-g‘ayratingiz, sha’nu sharafingiz yanada ziyoda bo‘lsin!
 
Vahobjon Murodqobilov,
Pastdarg‘om tumani hokimi

2015-2024 © Пастдарғом туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM