Hurmatli pastdargʼomliklar hamda tumanimiz mehmonlari!

Joriy yilning 19-mart kuni Pastdargʼom tumanining Oltiqahramon mahallasi hududida joylashgan “Yoshlar bogi”da Navroʼz umumxalq bayram sayli boʼlib oʼtadi.

Bayram saylida tuman tashkilotlari, taʼlim muassasalari, mahallalar tomonidan ayyom bilan bogʼliq urf-odat va anʼanalar, milliy taomlar koʼrgazmalari tashkil qilinadi. Bir qator milliy va xalq oʼyinlari namoyish etiladi. 

Shuningdek, bayram sayliga taniqli sanʼatkorlar oʼzlarining kuy-qoʼshiqlari bilan ishtirok etadi. Tadbir davomida doshqozonlarda sumalak, palov va boshqa milliy taomlar tayyorlanib, elga ulashiladi.

Barchani yuksak saviyada tashkil etiladigan Navroʼz bayrami sayliga taklif etamiz.

2015-2024 © Пастдарғом туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM