Kechik biznesni rivojlantirish uchun

Kechik biznesni rivojlantirish uchun 1,5 milliard so‘mgacha 18 foizli imtiyozli kreditlar ajratiladi 

Hurmatli kichik biznes subektlari, siz  o‘z tadbirkorlik faoliyatingizni kengaytimoqchisiz, ammo mablag‘ingiz kamligi bois bu ishni amalga oshira olmayapsiz. Endi bu muammoni hal etish uchun sizda imkoniyat paydo bo‘lmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 9-yanvardagi “2024 yilda yangi ish o‘rinlarini tashkil etish va aholi bandligiga ko‘maklashish dasturi to‘g‘risida”gi PQ-7-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida endilikda  aholini kichik va o‘rta biznesga keng jalb qilish bo‘yicha tijorat banklari tomonidan 5 million so‘mda 1,5 milliard so‘mgacha 18 foizli  imtiyozli kredit mablag‘lari ajratiladi.

Ushbu imtiyozli kreditlarni olish istagi bor jismoniy va yuridek shaxslar o‘zi istiqomad qilayotgan mahalladagi hokim yordamchilariga uchrashish so‘raladi.

2015-2024 © Пастдарғом туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM