Янгиликлар

“Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun!”

“Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun!” shiori ostidagi “Mahallada duv-duv gap” targ‘ibot tadbirlari tumanimizda ham davom etmoqda. Bugun 25-yanvar kuni 55-son madaniyat markazida bo‘lib o‘tgan targ‘ibot tadbirida Oq oltin mahallasi faollari, o‘qituvchilar,  madaniyat xodimlari, yoshlar, 75014-harbiy qism zobitlari ishtirok etdi.

“O‘zbekiston-2030 strategiyasi”

Jinoyat ishlari bo‘yicha Pastdarg‘om tuman sudi tomonidan Pastdarg‘om tuman IIB  binosida joriy yilning keng jamoatchilik ishtirokida kengaytirilgan sayyor uchrashuv va sayyor sud majlisi o‘tkazildi.
Sayyor sud majlisida Pastdarg‘om tumanida qizil hududga kiritilgan mahalla faollari, yoshlar yetakchilari, xotin-qizlar faollari, tarbiyasi og‘ir yoshlar hamda probatsiya guruxida ro‘yxatda turuvchi mahkumlar ishtirok etdi.

Sayyor qabul – 2024 

Pastdarg‘om tumanining Go‘zalkent mahallasida mahalla aholisi uchun viloyat Xalq qabulxonasi mudiri M.Turdiyev, tuman hokimi V.Murodqobilov hamda sektor rahbarlari ishtirokida aholi uchun sayyor qabul bo‘lib o‘tdi.

2015-2024 © Пастдарғом туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM