insurez
16-03-2024 10:50


OGOH BO‘LING! 

Keyingi vaqtlarda internet firibgarlari chuv tushirishning yangidan yangi yo‘llari va usullarini o‘ylab topmoqda.

Shu bois, iyul oyi viloyatda “Kibermadaniyatni yuksaltirish” targ‘ibot oyligi deb eʼlon qilindi. 

Mazkur oylik doirasida Pastdarg‘om tuman Madaniyat uyida tashkilot rahbarlari, mahallalar yettiliklari ishtirokida tadbir tashkil etildi.

Tadbirda tuman IIB boshlig‘i kiber jinoyat turlari haqida batafsil tushunchalar berdi.

Shu kabi, ishtirokchilarga targ‘ibot flayerlari tarqatildi.

Teglar
Insurance Policy