insurez
16-03-2024 10:48


Joriy yilning 15-aprel kuni Savdo-sanoat palatasi Samarqand viloyati boshqarmasi binosida Samarqand viloyati hokimining o‘rinbosari O.Xamrayev, Pastdarg‘om tumani hokimi V.Murodqobilov hamda Xitoyning Anhoy provinsiyasi Uhu shahri bosh kotibi janob Van Chjepeng o‘rtasida uchrashuv o‘tkazildi. 
Uchrashuvda tomonlarning ijtimoiy-iqtisodiy salohiyati to‘g‘risidagi videorolik namoyish etilib, Anhoy – Samarqand o‘rtasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.
Muhokama so‘ngida esa ikki tomon biznes doira vakillari o‘rtasida B2B ko‘rinishida muzokaralar bo‘lib o‘tdi.

▶️ Joriy yilning 29-mart kuni Xitoy Xalq Respublikasining Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni (SHUAR) xalq hukumati raisi E.Tuniyaz boshchiligidagi delegatsiya Samarqand viloyatiga tashrifi buyurdi. Tashrif  doirasida delegatsiya vakili “YEMA” kompaniyalari guruhi vise-prezidenti janob Chen Gan boshchiligidagi kompaniya a’zolari Pastdarg‘om tumanida bo'lishdi.

Tashrif davomida tuman hokimi Vahobjon Murodqobilov hamda  Chen Gan o‘rtasida  ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini mustahkamlash borasida muzokaralar o‘tkazildi. Muzokaralar so‘nggida mehmonlar uchun tuman hokimligining esdalik sovg‘alari topshirildi.

 

 

Teglar
Insurance Policy