Аssalomu alaykum, hurmatli Pastdargʼomliklar!
Hurmatli ijtimoiy tarmoq kuzatuvchilari!
Ruxsatlaringiz bilan, tumanimizning investitsiyaviy salohiyati va tadbirkorlar uchun yaratilgan imkoniyatlar toʼgʼrisida axborot berib oʼtsam.
Muhtaram Prezidentimiz tomonlaridan milliy iqtisodiyotimizni rivojlantirish uchun tadbirkorlik faoliyati va investitsion muhitni yanada yaxshilashga qaratilgan bir qancha qonunlarning qabul qilinganligi tadbirkorlikni samarali qoʼllab-quvvatlashga xizmat qilmoqda.
Iqtisodiyotimizning barqaror oʼsishi va aholini hayot darajasi hamda yashash sifatini oshirish xususiy tadbirkorlik sohasiga koʼp jihatdan bogʼliq. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, kasanachilik hamda xizmat koʼrsatish sohasini ayniqsa, qishloq joylarida yanada rivojlantirish aholi hayot darajasi va sifatini izchil oshirib borish masalalarini taʼminlamoqda.
Tumanimiz viloyatning markazida, yaʼni, sharqni gʼarb bilan, shimolni janub bilan chorraha sifatida bogʼlovchi avtomobilь va temir yoʼl kommunikatsiyalari tutashgan hududda joylashgan boʼlib, qulay geografik joylashuvi bois ishlab chiqarish loyihalarini amalga oshirish uchun eng qulay hudud hisoblanadi.
Investitsion jozibadorlikning yana bir nechta muhim omillari mavjud boʼlib, bular – qishloq xoʼjaligi mahsulotlari boʼyicha boy xom-ashyo resurslari hamda eng muhimi mehnat resurslarining mavjudligidir.
Bundan tashqari, tadbirkorlikni amalga oshirish uchun tumanning “Kimyogarlar” massivi, Juma shahri, “Gulobod”, “Oltiqaxramon” hamda “Goʼzalkent” mahallarida erkin iqtisodiy zona hamda kichik va yoshlar sanoat zonalari mavjud boʼlib, bugungi kunda ushbu hududlardan jami 9 gektarga yaqin yer maydoni auktsion savdolari orqali tadbirkorlik subʼektlariga taklif etilmoqda.
Bundan tashqari, tumanning “Chimboyobod” massivida yangi sanoat hududini barpo etish uchun 234,3 gektar yer maydoni tanlangan boʼlib, hozirda ushbu yer maydonini auktsion savdolariga chiqarish boʼyicha chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Ushbu hududlarning afzalliklari shundan iboratki, sanoat zonasi ishtirokchilariga soliq va bojxona maʼmurchiligi boʼyicha qonunchilikda bir qator imtiyoz va preferentsiyalar belgilab berilgan.
Jumladan:
-investorning qiymati 200 milliard soʼmdan oshadigan, uning oʼz mablagʼlari ulushi 25 foizdan kam boʼlmagan, investitsiya dasturlariga kiritilgan loyihalarini zarur tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan taʼminlash Davlat byudjeti mablagʼlari hisobidan amalga oshiriladi;
-investitsiya loyihalarini amalga oshirishda qatnashayotgan xorijiy kompaniya vakillari va mutaxassislariga koʼp martalik vizalar rasmiylashtirilishiga imkon berildi;
-xorijiy sarmoyalar 300 ming dollardan 3 million dollargacha boʼlganda 3 yil muddatga, 3 million dollardan ortiq va 10 million dollargacha boʼlganda 5 yil muddatga hamda 10 million dollardan ortiq boʼlganda 7 yil muddatga ayrim turdagi soliqlarni toʼlashdan ozod etish tarzidagi soliq imtiyozlari beriladi;
-agar qonun hujjatlari investitsiya qilish shart-sharoitlarini yomonlashtirsa, investitsiya qilish sanasida amalda boʼlgan qonun hujjatlari chet el investorlariga nisbatan investitsiya qilish paytidan eʼtiboran oʼn yil mobaynida qoʼllaniladi, investor oʼzining investitsiya qilish shart-sharoitlarini yaxshilaydigan yangi qonun hujjatlari qoidalarini oʼz xohishiga koʼra qoʼllash huquqiga ega boʼladi;
-maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilari tomonidan ishlab chiqarish va mahsulotlarni eksportga realizatsiya qilish uchun foydalanadigan xom ashyo, materiallar va butlovchi qismlar Oʼzbekiston Respublikasi hududiga olib kirilganda bojxona toʼlovlari (bundan bojxona rasmiylashtiruvi uchun yigʼimlar mustasno) toʼlanmaydi;
-maxsus iqtisodiy zona ishtirokchilari tovarlarni import qilganda qoʼshilgan qiymat soligʼini 120 kungacha muddatga kechiktirib toʼlashi mumkin.
Bundan tashqari, bugungi kunda tumanga xorijiy investitsiyalar oqimini koʼpaytirish orqali yangi texnika va texnologiyalarni joriy qilish maqsadida Xitoy kompaniyalari bilan ham mustahkam aloqalar oʼrnatilmoqda.
Jumladan, avtomobilьsozlik, qurilish materiallari, farmatsevtika va oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish hamda moliyaviy xizmatlar koʼrsatish boʼyicha jahonda yetakchi oʼrinlarni egallagan Xitoy Xalq Respublikasining Аnьxoy provintsiyasi Uxu shahri Hukumati aʼzolari va ishbilarmon doira vakillari tumanga tashrif buyurishdi.
Xitoylik mehmonlarning tumanga tashriflari doirasida, ikki tomonlama aloqalarni mustahkamlash maqsadida Pastdargʼom tumani hamda Uxu shahri oʼrtasida “qardosh hududlar” munosabatlarini oʼrnatish taklifi ilgari surildi.
Qisqacha axborotim tugadi.
Sohada amalga oshirilayotgan ishlar va yangiliklar toʼgʼrisida qoʼshimcha axborotlarni eʼlon qilib turamiz.
Eʼtiborlaringiz uchun rahmat!