insurez
16-03-2024 10:50


TARIXI

Pastdarg‘om – Samarqand viloyatidagi qishloq tumani nomi. Toponimning ikkinchi komponenti  Darg‘om – Zarafshon daryosidan chiqadigan qadimiy kanal, ariq. Uzunligi 100 kilometrga yaqin. Zarafshon daryosining “Birinchi May” to‘g‘onidan boshlanib, Ulus cho‘lida tugaydi. Tarixiy manbalar ariqning eramizdan avvalgi V-IV asrlarda qazilganidan xabar beradi.

Klavdiy Ptolomiy tuzgan kartada (II asr) bu ariq nomi Dargomoniy shaklida tilga olinadi. Toponimning birinchi komponenti  Darg “uzun” demak, ikkinchi qismi –om esa –ob ning o‘zgargan shaklidir. Chunki “b” va“m” tovushlarining almashish hodisasi uchrab turadi.

Binobarin, Darg‘om yoki Darg‘ob “uzun yoki katta suv” demakdir (Do‘simov Z., Egamov X. Joy nomlarining qisqacha izohli lug‘ati, T.: O‘qituvchi, 1977, 48-bet).

Teglar
Insurance Policy