insurez
09-07-2024 08:00

DALALARDAN XABARLAR...


✅Tumanda 2024 yil paxta hosili uchun 315 ta fermer xo‘jaliklari tomonidan 16949 gektar yer maydoniga chigit ekib parvarish qilinmoqda.

✅Hozirda tuman bo‘ylab paxta maydonlarida zarur agrotexnik tadbirlar o‘tkazilyapti.
Jumladan, kultivatsiya qilish, chizel chuqurlatgich bilan yumshatish, begona o‘tlardan tozalash, bargdan oziqlantirish (suspenziya), feromon tutqichlar qo‘yish (biologik ishlov) ishlari jadal suratda amalga oshirilmoqda.

✅Albatta, bu kabi agrotexnik tadbirlar g‘o‘za nihollarini kasallardan himoya qilishda, ildizlari namgarchilikda chirishini oldini olish va rivojlanishida ulkan yordam beradi.

👨‍💼Tuman hokimi erta tongdan tegishli mas'ullar hamrohligida birinchi sektor hududidagi fermer xo‘jaliklarida amalga oshirilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirmoqda.

Teglar
- -