insurez
09-07-2024 14:45

SAVOBDAN BEBAHRA QOLMANG


Tumanimiz bo‘ylab keng miqyosda qabristonlarni obodonlashtirish bo‘yicha hasharlar tashkil qilinmoqda.

Mazkur ezgu ishlarda mahalliy aholi hamjihat bo‘lib, ota-bobolari mangu qo‘nim topgan joylarni obod qilishyapti. Qabristonlar hududlari begona o‘tlardan tozalanib, unga olib boruvchi yo‘llar ta'mirlanyapti.

Hurmatli tumandoshlar! Bu kabi muqaddas dargohlarni obod qilish barchamizning burchimiz sanaladi. Shunday ekan siz ham bunday ezgu ishlarga hissa qo‘shing.

Teglar
- -